Panama ötgan hafta Osiyo, Yaqin Şarq va afrikalik noqonuniy migrantlarni olib ketayotgan uçta deportatsiya reysini qabul qilgan va bu borada birinçi davlat bölgan edi.
AQŞ ma’muriyati uzoq davlatlardan kelgan noqonuniy migrantlarni öz hibsxonalarida saqlaş örniga, ularni qabul qilişga tayyor bölgan boşqa mamlakatlarni yollaş bilan şuğullanmoqda. Bu mamlakatlarda deportatsiya qilinganlarning taqdiri nima bölişi noma’lum.
Kosta-Rika migrantlarni öz mamlakatlariga qaytariş uçun «köprik bölib xizmat qilişini» va repatriatsiya jarayoni Xalqaro Migratsiya Taşkiloti nazorati ostida AQŞ hukumati tomonidan töliq moliyalaştirilişini ma’lum qildi. Migrantlar Korredor kantonidagi lagerga joylaştiriladi.












