Rossiya Suriyaning yangi hukumati bilan Tartus va Lataqiyadagi harbiy bazalarining maqomi böyiça kelişuvga yaqin turibdi. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga köra, Moskva Damaşqqa IŞIDga qarşi kuraşda yordam beriş evaziga mintaqadagi iştirokini saqlab qoliş niyatida.
Bloomberg suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Suriyada Rossiya harbiy bazalarining bölişi mamlakatning yangi hukumatiga Turkiyaning oşib borayotgan ta’sirini «muvozanatlaş»ga yordam berişi mumkin. Ammo gap Rossiyaning mintaqadagi «qisqartirilgan» iştiroki haqida ketmoqda. Mazkur masala böyiça hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Rossiya harbiy kontingenti Suriyaga 2015 yil sentabrda global terrorçilar guruhini yöq qiliş maqsadida yuborilgan. Tartus provinsiyasida Rossiya Harbiy-dengiz kuçlarining 720-moddiy-texnik ta’minot punkti, Lataqiya provinsiyasida esa Hmeymim aviabazasi joylaşgan.
12 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinçi marta Suriyaning ötiş davri prezidenti Ahmad aş-Şar’a bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Muloqot davomida Rossiya yetakçisi Suriyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga, jumladan, insonparvarlik yordami orqali yordam berişga tayyorligini ma’lum qilgan. Kremlga köra, telefon muloqoti «konstruktiv, işga oid va mazmunli» keçgan.








