«Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga köra, 9 may – Xotira va qadrlaş kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan uruş qatnaşçilari va nogironlari, ularga tenglaştirilgan şaxslar hamda 1941–1945 yillardagi uruş davridagi mehnat fronti qatnaşçilari moddiy rağbatlantiriladi.
Bir martalik pul mukofoti belgilandi:
- Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 10 ming AQŞ dollari miqdorida;
- Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga tenglaştirilgan şaxslarning har biriga 25 million söm miqdorida;
- 1941–1945 yillardagi uruş davridagi mehnat fronti qatnaşçilarining har biriga 3 million söm miqdorida.
Mazkur farmonni bajariş bilan boğliq bölgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi bilan birgalikda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga uşbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topşirilişini ta’minlaydi.
Farmonning ijrosini nazorat qiliş boş vazir Abdulla Aripov zimmasiga yuklandi.








