Janubiy Koreya şaharlari sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaşga tobora köproq e’tibor qaratmoqda. Mamlakatning turli joylarida ixtisoslaştirilgan ta’lim markazlari va yangi öquv dasturlari oçilmoqda, deb xabar berdi The Korea Times.
Seulda raqamli jinoyatlarga qarşi kuraşiş uçun internetda taqiqlangan kontentni kuzatib boruvçi sun’iy intellekt tizimi joriy etilgandan söng, bunday kontentlar soni keskin kamaydi. Tizimning muvaffaqiyati davlat xizmatçilarining sun’iy intellekt texnologiyalariga bölgan qiziqişini oşirdi: ötgan yili şahar xizmatçilarining avvalgi yilga nisbatan uç barobar köproği sun’iy intellektdan foydalanişni örgandi. Seul meri sun’iy intellektni barça sohalarga: iqtisodiyot, transport, ijtimoiy ta’minot, soğliqni saqlaş va boşqalarga joriy etiş rejalarini ma’lum qildi. Buning uçun şahar hokimiyati qöşimça öquv kurslari taşkil etmoqda.
Kyongido provinsiyasi 2029 yilgaça texnologiya sohasidagi ta’lim taşabbuslarini amalga oşiriş uçun 496 milliard von (taxminan 341,5 million AQŞ dollari) mablağ sarflaşni rejalaştirmoqda. Loyiha doirasida har yili 11 000 kişi ta’lim olişi közda tutilgan bölib, ularning 6000 nafari sun’iy intellekt, katta hajmli ma’lumotlar, yarim ötkazgiçlar va biotexnologiyalar böyiça malaka oşiradi.
Janubiy Koreyaning ikkinçi yirik şahri Pusanda 2022 yildan beri Raqamli innovatsiyalar akademiyasi faoliyat yuritadi. Uşbu akademiya 2026 yilgaça 10 000 nafar IT-mutaxassis tayyorlaşni maqsad qilgan. Dastur mahalliy universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari negizida amalga oşirilmoqda. U barça tayyorgarlik bosqiçlarini, ya’ni boşlanğiç darajadan tortib yuqori malakali mutaxassislik darajasigaça bölgan ta’limni öz içiga oladi.
Tegu metropol şahri ta’lim boşqarmasi sun’iy intellekt texnologiyalarini örgatiş markazini taşkil etib, uning qurilişiga 4,5 milliard von (3,1 million dollar) mablağ sarfladi. Markazda katta hajmli ma’lumotlar, sun’iy intellektni boşqariş, virtual va kengaytirilgan reallik sohalari böyiça mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Tejonda esa törtta şahar maktabi sun’iy intellektga ixtisoslaşgan ta’lim muassasasi maqomini oldi, yana 20 ta maktab sun’iy intellekt dasturlari uçun sinov maydonçalariga aylandi.
Sohadagi muammolar
Koreyalik ekspertlar muvaffaqiyatlarni e’tirof etiş bilan birga, uşbu taşabbuslarni amalga oşirişdagi muammolarni ham körsatib ötmoqda. Koreya sun’iy intellekt ta’limi assotsiatsiyasi prezidenti, professor Mun Xyon Namning sözlariga köra, asosiy qiyinçilik — malakali öqituvçilarning yetişmasligi. Uning ta’kidlaşiça, köplab sun’iy intellekt instruktorlari, ayniqsa katta auditoriya bilan işlaydiganlar özlari maxsus ma’lumotga ega emas va sun’iy intellekt vositalarini yetarli darajada bilmaydi.







