Nega ayrim şaxslar öz mansabini suiiste’mol qiladi? Ular yomon insonlarmi yoki korrupsiya ularning qon-qoniga singib ketganmi? Yöq, aslida, ular şunçaki iqtisodiy hisob-kitob orqali, kutilmalar ijobiy bölgani uçun jinoyat qiliş qarorini qabul qilişadi.

Har bir şaxs biror işga qöl urar ekan, uning foyda va zarari, ehtimoliy manfaat va xavflarini hisobga oladi.

Ba’zan jinoyatçilikni kamaytiriş uçun asosan qattiqroq jazolarni joriy etiş, umrbod qamoq yoki ölim jazosini qöllaş taklif qilinadi. Lekin oğir jazo belgilaş muammoni hal qila olmaydi. Masalan, Şimoliy Koreyada korrupsiya uçun oğir jazo – uzoq muddatli qamoq va hatto ölim jazosi ham qöllanadi. Şunga qaramay, Transparency International’ning 2023 yilgi korrupsiyani qabul qiliş indeksida Şimoliy Koreya 180 mamlakat orasida 172-örinni egallagan. Bu esa jazolarning qattiqligi jinoyatçilikni kamaytirişda yetarli emasligini körsatadi. Xöş, qaysi omil jinoyatçilikning kamayişiga turtki böladi?

Jinoyat va jazo: iqtisodiy yondaşuv

Iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindori Geri Bekker 1968 yilda çop etilgan “Jinoyat va jazo: Iqtisodiy yondaşuv” nomli maqolasida jinoyatçilikni iqtisodiy model sifatida tahlil qilgan.

Uning fikriça, jinoyatçilar oddiy iqtisodiy agentlar singari, öz manfaatlarini maksimal darajada oşirişga harakat qiladi. Ular jinoyat sodir etiş yoki qilmaslik haqidagi qarorlarini ehtimoliy foyda va xarajatlarni tahlil qiliş orqali qabul qilişadi. Bekker jinoyatçilarni ratsional agentlar deb hisoblaydi. Ya’ni ular jinoyatdan oladigan manfaat bilan jazoga tortiliş ehtimoli va jazoning oğirligini soliştirib qaror qabul qiladilar.

Model quyidagi asosiy elementlardan iborat:

1. Jinoyatdan olinadigan foyda (B – benefit): Jinoyatçi sodir etgan jinoyat natijasida oladigan moddiy yoki nomoddiy manfaat.

2. Jazoga tortiliş ehtimoli (p – possibility): Hukumat tomonidan jinoiy faoliyatga qarşi çoralar qançalik samarali ekanini ifodalaydi. (0 < P < 1)