Qidiruvga berilgan diniy bloger, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga mukofotlar, imtiyozdan mahrum qilinadigan ekinsiz tomorqa egalari va davlat uluşi xususiylaştirilgan «Trest-12» — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Mubaşşir Ahmad qidiruvga berildi

Özbekiston huquq-tartibot organlari diniy bloger Mubaşşir Ahmad (Alişer Tursunov)ni qidiruvga berdi. U Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi birinçi qismi – taqiqlangan taşkilotlar tuziş va ularda iştirok etiş ayblovi bilan tergov qilinmoqda.

Içki işlar vazirligi rasmiysi Şohrux Ğiyosov uning qidiruvga berilganini tasdiqladi, biroq qaçon va qanday ayblovlar asosida tergov boşlanganini oçiqlamadi.

Mubaşşir Ahmad Özbekistonda diniy ma’rifiy loyihalar, bir neçta diniy kitoblar muallifi sifatida tanilgan. U 2023 yilda Turkiyada qölga olingan, biroq dalillar topilmagani sabab qöyib yuborilgan edi.

Uruş qatnaşçilariga 10 ming dollardan mukofot

Prezident Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Unga köra, uruş qatnaşçilari va nogironlariga 10 ming dollar, ularga tenglaştirilgan şaxslarga 25 mln söm, mehnat fronti qatnaşçilariga 3 mln sömdan bir martalik pul mukofoti beriladi.

Hujjatga köra, 9 may – Xotira va qadrlaş kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi. Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan uruş qatnaşçilari moddiy qöllab-quvvatlanadi.

Mukofotlar respublika budjeti hisobidan moliyalaştiriladi. Davlat organlari va jamoat taşkilotlari bu mablağlarning tantanali tarzda topşirilişini ta’minlaydi. Farmon ijrosi boş vazir Abdulla Aripov zimmasiga yuklatildi.

Tomorqasiga ekin ekmaganlar imtiyozlardan mahrum böladi

Özbekistonda aholini tomorqalaridan samarali foydalanişga undaş uçun yangi çoralar e’lon qilindi. Tomorqasida ekin ekmaganlar uçun yer soliği 3 barobar oşiriladi, imtiyozli kreditlar berilmaydi va kambağallar reyestridan çiqarilişi mumkin.

Mahallalarga biriktirilgan hokim yordamçilari har çorakda tomorqalar holatini tekşirib boradi.