AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin örtasidagi uçraşuv ehtimoli «köp jihatdan Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarda muvaffaqiyatga erişiş mumkinligiga boğliq». Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 20 fevral, payşanba kuni X platformasida translatsiya qilingan jurnalist Ketrin Xerrijga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Trampning Putin bilan uçraşuvi şartlari

Rubio 18 fevral kuni Ar-Riyodda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar çoğida Trampning Putin bilan uçraşuvini muhokama qilganini aytdi. Ammo Lavrov va Rossiya rasmiylariga «u nima haqida bölişini bilmagunimizça, uçraşuv bölmaydi» deyildi, deb qöşimça qildi Rubio.

«Odatda bunday uçraşuvlar qandaydir natija ma’lum bölmagunça yoki qandaydir yutuqlarga erişilmagunça ötkazilmaydi», deb tuşuntirdi Amerika taşqi siyosat idorasi rahbari. Biroq, agar AQŞ va Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralarda muvaffaqiyatga erişa olsa va Trampning Putin bilan uçraşuvi kelişuvni mustahkamlasa, «hamma prezident Trampni tinçlikparvar sifatida şaraflaşi kerak», dedi u.

Rossiyaning niyatlari jiddiyligiga oydinlik kiritiş kerak

Tramp Putin bilan telefon suhbatidan söng fevral oyi oxirigaça u bilan şaxsan uçraşişi mumkinligini aytgan bölsa-da, Rubio bu qaçon yuz berişi mumkinligini «bilmasligini» aytdi.

Şu bilan birga, uning sözlariga köra, Amerika prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşni töxtatiş borasida qançalik jiddiy ekanini bilmoqçi. Buni tekşirişning yagona yöli Moskvadan töğridan töğri söraş, deya qöşimça qildi Rubio. Saudiya Arabistonidagi muzokaralardagi yagona kelişuv tinçlik haqida gapirişni davom ettiriş niyati edi, deya tuşuntirdi u.