«Hududgaz Toşkent» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Toşkent viloyatida ötkazilgan reydlar vaqtida qonunbuziliş holatlari foş etildi.
Ohangaron tumanidagi «Alişer» MFYda joylaşgan «A.I.B.» fermer xöjaligiga qaraşli issiqxona xatlovdan ötkazilganda, iste’molçi bir martalik tamğa örnatilgan zulfin va elektron gaz hisoblaş uskunasini olib taşlab tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 2 milliard 955 million sömlik zarar aniqlandi.
Yana bir holat viloyatning Qibray tumanida qayd etildi. «Guliston» MFYda joylaşgan xonadonda yaşovçi fuqaro N.D. issiqxona taşkil qilib, tabiiy gaz tarmoğiga hisoblagiçdan oldin töğridan töğri ulanib, tabiiy boylikdan xöjasizlarça foydalanib kelgan. Noqonuniy holat böyiça 49 million 673 ming sömlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
Holatlar böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirildi.








