Avvalgi çiqişimizda tarixiy davrda yaşayapmiz degandik. AQŞ prezidenti Donald Trampning siyosatini har kim turliça talqin qilişi mumkin, lekin aniği şuki, Tramp köz öngimizda tarix yozmoqda. Qanday tarix ekanini esa keyinroq bilib olamiz.

Şu kunlarda Mar-a-Lagodagi qarorgohidan işlayotgan Tramp u yerda brifing ötkazib uruş boşlanişida Zelenskiyni ayblagani haqida xabar bergandik. Aftidan, bu gaplar Trampning xumorini bosa olmagan. Uyiga borgaç AQŞ prezidenti iPhoneʼini qöliga oldi-da, Ukraina manziliga navbatdagi tahdidomuz gaplarini yozdi. Darvoqe, Tramp negadir dösti Mask sotib olgan sevimli Twitterʼiga qaytmay, özi oçgan Truth ijtimoiy tarmoğida yozib yuribdi. Özi bu platforma Tramp yozib turişi uçun oçilgan desa mubolağa bölmaydi. Video yozib bölingaç, Ukraina öz hududida bu tarmoqni bloklagani ma’lum böldi.

Respublikaçi şunday gaplarni aytmoqdaki, AQŞ naşrlariga köra bundan hatto Kremldagilar hayron qolmoqda. Navbatdagi postida Tramp Zelenskiyga oçiqçasiga tahdid qildi va uni Rossiya propagandasi metodiçkalaridagi kabi qiziqçi deb atadi: «Unçalik taniqli bölmagan qiziqçi AQŞdan yutib bölmaydigan, endi esa TRAMPdan boşqasi tugata olmaydigan uruş uçun 350 milliard dollar undirdi (Tramp öz nomini katta harf bilan yozib, negadir qöştirnoqqa ham olgan – tarj.).

Amerika Ukrainaga Yevropa Ittifoqidan 200 milliard dollar köproq yordam berdi. Lekin farq şundaki, Yevropaning pullari qaytişi kafillangan, AQŞ esa bir sentni ham qaytarib ololmaydi. Nega uyquçi Bayden xarajatni teng taqsimlaşni söramadi? Axir bu uruş Yevropa uçun bizdan köra muhimroq-ku. Bizni uruşdan ajratib turgan katta, ajoyib okeanimiz bor bölsa», dedi Tramp.

Amerika prezidenti Yevropaning pullari kafolatlangan deb, Rossiyaning qit’a banklarida muzlatilgan 300 milliard dollarini nazarda tutdi.

Tramp Zelenskiyning reytingi pastligi haqida navbatdagi marta gapirdi, lekin bu gal 4 foiz faktini tilga olmadi: «Zelenskiy saylov ötkazişdan boş tortyapti. Uning reytingi juda past. U faqat Bayden bilan skripka çalişni yaxşi uddaladi. Saylovsiz diktator tezroq harakat qilmasa, davlatidan asar ham qolmaydi. Biz Rossiya bilan yaxşi muzokaralar olib boryapmiz. Uruşni faqat TRAMP töxtata olişini hamma tuşunyapti. Yevropa şarmanda böldi, Zelenskiy esa aftidan pul oqimi töxtab qolişini istamaydi. Men Ukrainani yaxşi köraman, lekin Zelenskiy vazifani juda yomon bajardi, davlat barbod böldi, millionlab odamlar öldi va ölişda davom etmoqda», dedi AQŞ prezidenti.