“Hududgazta’minot” keltirişiça, “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan reydlarda qator qonunbuziliş holatlari foş etildi.

Kogon tumanining Niyoz hoji hududida joylaşgan xonadon egasi elektron gaz hisoblaş uskunasini (EGHU) yaşirin ravişda çetlab ötib, yerosti gaz quvuriga ulangani aniqlandi. Holat böyiça qayta hisob-kitob amalga oşirildi va 54 million 992 ming sömlik zarar hisoblandi.

Şunga öxşaş holat Ğijduvon tumanidagi Dilkuşo mahallasida istiqomat qiluvçi fuqaro N.I. xonadonida ham kuzatildi va iste’molçiga nisbatan 11 mln sömlik jarima belgilandi.

Viloyatning olis hududi bölmiş Qorovulbozor tumanida faoliyat olib borayotgan “K.K.” xususiy korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 15 mln 974 ming söm zarar keltirgan bölsa, tumanning “Çölquvar” MFYdagi fuqaro M.N. xonadonida 53 mln 392 ming sömlik tabiiy resursdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Bundan taşqari, Qoraköl tumanining “Eski qal’a” MFYda joylaşgan kutubxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi va 51 mln 891 ming sömlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Tumanning “Xöjalar” MFYda joylaşgan “A.U.G.” MJÇga qaraşli umumiy ovqatlaniş maskanida özboşimçalik bilan hisoblagiçning maksimal hisoblaş çegarasidan ortiqça, loyihadan taşqari gaz jihozlari örnatilgani aniqlandi va 51 mln sömlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Tumandagi yana bir oşxonada xuddi şunday qoidabuzarlik aniqlanib, 40 mln söm miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum böldi.

Barça holatlar böyiça hujjatlar tegişli tartibda huquq-tartibot idoralariga topşirildi.