Germaniya Içki işlar vazirligi muddatidan oldin Bundestag saylovlari arafasida Rossiya tomonidan olib borilayotgan dezinformatsion kampaniyalarni kuzatmoqda. 21 fevral, juma kuni Berlinda jurnalistlarga Germaniya Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Maksimilian Kal: «Biz Bundestag saylovlariga ataylab ta’sir ötkazilmoqda, deb taxmin qilişga majburmiz» dedi.

Bunday maqsadli dezinformatsiyaga misol sifatida Kal sönggi kunlarda Leypsig va Hamburgda tarqatilgan ikkita soxta videoni keltirdi. Ularda aytilişiça, poçta orqali ovoz beriş natijalari öta öng «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasi manfaatlariga ziyon yetkaziş maqsadida soxtalaştirilmoqda.

Videolardan birida Leypsigda GuM bölmagan soxta saylov byulletenlari körsatilgan. Yana bir da’voga köra, agar ovoz GuM uçun berilgan bölsa, Hamburgda töldirilgan poçta byulletenlari oçilgan va maydalangan. Mahalliy saylov organlari uşbu videolarning mazmuni dezinformatsiya ekanligini tezda aniqladilar, dedi Germaniya Içki işlar vazirligi vakili.

Germaniya huquq-tartibot idoralari bu kampaniyani Storm-1516 bilan boğladi

Içki işlar vazirligi bu soxta videolarni Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador bölgan Storm-1516 tarğibot guruhi tarqatgan deb hisoblaydi. U avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va turli veb-saytlardagi anonim akkauntlari orqali rossiyaparast tarğibot olib borganida Germaniya huquq-tartibot idoralari e’tiboriga tuşgan edi, deb yozadi Der Spiegel.

Microsoft tahlilçilari Storm-1516'ni 2024 yilgi AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşiş qismi sifatida tilga oldi. Guruh Demokratik partiya haqida bir neça bor soxta xabarlar çop etgan. Microsoft mutaxassislarining fikriça, Storm-1516 ştab-kvartirasi Sankt-Peterburgda joylaşgan bölib, uning ayrim xodimlari avvalroq Yevgeniy Prigojin tomonidan yaratilgan «trollar fabrikasi» faoliyatida iştirok etgan.

Kalning sözlariga köra, bunday operatsiyalardan maqsad «demokratiyaga işonçni susaytiriş va saylov jarayonining yaxlitligiga putur yetkaziş»dir. Biroq, hozirça dezinformatsion kampaniyalar «keng qamrovga» ega emas va rasmiylar kelajakda bunday hodisalarning oldini oliş uçun çoralar körmoqda.