Boş prokuratura huzuridagi departamentning Nurota tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Departament maʼlumotiga köra, Ğozğon şahar tibbiyot birlaşmasi Markaziy poliklinikasi mudiri örinbosari F.T. fuqaro O.A.ni şahar tibbiyot birlaşmasiga hamşira vazifasiga işga joylaştirib berişni vaʼda qilgan.

Mansabdor buning evaziga 1 500 AQŞ dollari talab qilgani aytilmoqda.

Tezkor tadbir davomida u mazkur mablağni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.