Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazoda ommaviy deportatsiya?

Isroil armiyasi Ğazo sektorida tahdidli varaqalar tarqata boşlagan. Middle East Eye manbasiga köra, bu ruhiy bosim va aholini qörqitişga qaratilgan.

Varaqalarda falastinliklarning ommaviy köçirilişi «muqarrar» ekani, Ğazo aholisi taqdiriga na AQŞ, na Yevropa va na arab davlatlari qiziqiş bildirayotgani ta’kidlangan.

Bir varaqada şunday yozilgan: «Agar butun Ğazo xalqi yer yuzidan yöqolsa, dunyo xaritasi özgarmaydi».

Şuningdek, Isroil insonparvarlik yordami evaziga aholi bilan «hamkorlik» qilişni talab qilmoqda.

Tramp vakilidan HAMASga ogohlantiriş

AQŞ prezidenti Donald Trampning garovga olinganlar masalalari böyiça maxsus vakili Adam Byoler HAMAS harakatini Ğazoda saqlanayotgan asirlarni ozod qilişga çaqirdi. Unga köra, agar harakat garovga olinganlarni qaytarmasa, yöq qiliniş xavfi ostida qoladi.

Bir kun avval HAMAS Isroilga 4 nafar garovga olinganlarning jasadlarini topşirgan edi. Ularning orasida ikki bola, ularning onasi va keksa erkak borligi aytilgandi. Ammo Isroil bu da’volarni rad etib, bolalarning onasi jasadlar orasida yöqligini ma’lum qildi. HAMAS buni tekşirişini va xatolik bölgan bölişi mumkinligini aytdi.

Hozirda Isroil va HAMAS örtasida 19 yanvardan kuçga kirgan sulh bitimi amal qilmoqda. Birinçi bosqiçda HAMAS 1500 nafar falastinlik mahbuslarga almaşuv sifatida 33 nafar isroillik garovdagi şaxslarni ozod qilişi kerak. Keyingi bosqiçlarda yana almaşinuvlar va Ğazo sektorini tiklaş jarayoni kuzatilmoqda.

Tramp 9 mayda Moskvaga keladimi?

Fransiyaning Le Point jurnali ma’lumotlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp 9 may kuni Moskvada bölib, Vladimir Putin bilan uçraşişi mumkin. Bayonotga köra, ular şu kuni Ukraina uruşiga nuqta qöyadigan kelişuvni imzolaşni rejalaştirmoqda.

Vaşington hozirça rasman bu ma’lumotni tasdiqlamadi, biroq davlat kotibi Marko Rubio Rossiyani «jahondagi barqudrat davlat» deb atab, Moskva bilan munosabatlarni yaxşilaş zarurligini ta’kidladi.