Rossiya Qurolli kuçlarining 144-gvardiya motoöqçilar diviziyasining yaradorlarini evakuatsiya qiliş bölimi sobiq qömondoni, Fransiyaga jönab ketgan Aleksey Jilyayev jurnalistlarga Mudofaa vazirligining Boş harbiy-tibbiy boşqarmasi (GVMU) ma’lumotlar bazasini taqdim etdi, unda 2022 yil yanvardan 2024 yil iyun oyi örtalarigaça kasalxonaga yotqizilgan 166 000 bemor haqida yozuvlar bor. Uşbu ma’lumotlar bazasi tahlili 21 fevral, juma kuni OAV tomonidan e’lon qilindi.
Boşqa narsalar qatorida, ma’lumotlar bazasida özini «LXR» va «DXR» deb e’lon qilgan hududlar, Belarus hamda Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan hududlarida fuqarolik kasalxonalarida davolangan yaradorlar haqida çeklangan miqdordagi ma’lumotlar mavjud. Yozilişça, ma’lumotlar bazasida bir neça yuz nafar yarador deb taxmin qilingan ukrainalik harbiy asirlar (ular «UQK» deb belgilangan) haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Jurnalistlar öz röyxatini ukrainalik hamkasblariga topşirişdi.
«Davolaniş uçun yuborilgan yaradorlar "yöqolib" qolmasligi uçun» ma’lumotlar harbiy qismlarga yuboriladi», — deyiladi naşrda, şu bilan birga, ma’lumotlar bazasi töliq emas: «Köpçilikda tuğilgan sanasi, taşxisi, jarohati oğirligi, kasalxonadan çiqqan sanasi, davolaniş natijalari va reabilitatsiyaga yuborilgani haqidagi ma’lumotlar yöq».
Ukrainadagi jami yaradorlar sonini aniqlaş imkonsiz
Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, uşbu ma’lumotlar bazasi asosida yaradorlarning umumiy sonini aniqlab bölmaydi, çunki bunda yengil jarohatlar bilan davolangan askarlar frontga qaytarilgan holatlar hisobga olinmaydi. Şu bilan birga, ma’lumotlar bazasida uruş bilan bevosita boğliq bölmagan kasalxonaga yotqiziş holatlari mavjud.
Jurnalistlar oçiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlardan yarador askarlar haqida ma’lumot töplaşga urinib, tasodifiy namuna yordamida ma’lumotlar bazasi işonçliligini tekşirdi.








