Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri halok bölgan rossiyalik harbiylar soni 95 ming 26 kişiga yetdi — ularning barçasi şaxsi tasdiqlangan. Oxirgi bir oyning özida — 24 yanvardan 21 fevralgaça uşbu röyxatga 5007 nafar harbiy xizmatçi kiritilgan, deb xabar beradi BBC rus xizmati va «Mediazona».

Halok bölganlarning eng köpi töğridan töğri koloniyadan uruşga yuborilgan mahkumlardir. Umumiy hisobda 16 ming 171 nafar mahkumning halok bölgani tasdiqlangan. Ammo «Vagner» XHK hujjatlari bilan tanişgan jurnalistlarning ta’kidlaşiça, mahkumlar Rossiya armiyasining uç yildan beri davom etayotgan uruşdagi yöqotişlarining uçdan bir qismini taşkil etişi mumkin.

Şuningdek, jurnalistlar DXR va LXRdagi qurolli tuzilmalarning 21 mingdan 23,5 ming nafargaça harbiysi halok bölganini hisoblagan. Gap asosan majburiy safarbar etilgan va minimal tayyorgarlik bilan frontga jönatilganlar ölimi haqida ketmoqda. Uşbu yöqotişlarning katta qismi uruşning birinçi yiliga töğri keladi. Rossiya rasmiy bölinmalari uşbu davr oraliğida deyarli şunça yöqotişga uçragan — 25 ming 769 kişi. BBC’ga köra, Rossiya tomonidan jang qilib, halok bölgan har 10 kişining uç nafari — bu mahkumlar, ikki nafari — DXR va LXR aholisidir. Har ikki toifadagilar ham Rossiya jamiyatining hayotida iştirok etmagan.

Şu bilan birga, Rossiya armiyasining Ukrainaga qarşi uruşdagi real yöqotişlari tasdiqlangan ma’lumotlardan ança köp bölişi mumkin — 146 mingdan 211 ming kişigaça. «DXR va LXRning yöqotişlari bilan Rossiya tomonida halok bölganlar soni 167—234 ming oraliğida», — deyiladi xabarda.

Pentagon ma’lumotlariga köra, ötgan yilning noyabrida Rossiyaning umumiy yöqotişlari 615 ming kişini taşkil etgan: 115 ming kişi öldirilgan va 500 ming harbiy yaralangan. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasi yöqotişlarini 610 ming kişiga baholagan. The Economist’ning ta’kidlaşiça, bu Rossiyaning 1945 yildan keyingi mojarolardagi barça harbiy yöqotişlaridan ortiq. Ötgan yilning iyunida RF prezidenti Vladimir Putin Ukraina Qurolli kuçlarining yöqotişlari haqida gapirib, ularni Rossiyaniki bilan taqqoslagan edi. Uning sözlariga köra, uruşning 27 oyi davomida Rossiya 135 ming kişisidan ayrilgan.