“Titanik” kemasining çekiş xonasidan olingan töqqiz kilogrammlik oltin qandil Nyu-Jyersi ştatidagi muzeyda namoyişga qöyildi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Qandil Atlantika okeani tubida 75 yil yotgandan söng 1987 yilda quruqlikka çiqarilgan. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, birinçi klassdagi erkaklar çekiş xonasini bezagan bu buyum yaxşi saqlanib qolgan. Qandil kemadan olingan boşqa 250 ga yaqin noyob buyumlar bilan birga körgazmada namoyiş etilmoqda.

Körgazma şunday taşkil etilganki, taşrif buyuruvçilar özlarini “Titanik” yölovçilari rolida his qilişi va laynerning qurilişidan halokatga qadar bosib ötgan yölini kuzatişi mumkin. Muzeyda hatto qayta tiklangan xonalarni közdan keçiriş va sun’iy aysbergni uşlab köriş, fojia kunidagi kabi sovuqni his qiliş imkoniyati mavjud.

Köçma ekspozitsiya avval Bostonda namoyiş etilgandi. Butun dunyo böylab uni taxminan 35 million kişi tomoşa qilgan. Nyu-Jyersi ştatida uni 1 sentabrgaça Jyersi-Siti şahridagi Liberty ilm-fan markazida tomoşa qiliş mumkin.

Avval “Titanik”ning 700 dan ortiq yölovçisini qutqargan Britaniya paroxodi kapitaniga sovğa qilingan tilla soat auksion orqali 1,56 million funt sterlingga sotilgandi. Soatni amerikalik xususiy kolleksioner xarid qilgan.