AQŞ prezidenti Donald Tramp 21 fevral, juma kuni Oq uyda jurnalistlarga Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş uçun uçraşişi kerakligini aytdi. «Menimça, prezident Putin va prezident Zelenskiy uçraşişi kerak. Bilasizmi, nima uçun? Çunki biz millionlab odamlarning öldirilişini töxtatmoqçimiz», — dedi Tramp. Öşa kuni u Fox News Radiöga Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tugatiş böyiça Zelenskiyning muzokaralarda iştirok etişiga hojat yöqligini aytdi. Şu bilan birga, Amerika yetakçisi har ikki tomon bilan muloqotni davom ettirişini ta’kidladi.
Tramp 9 may kuni Moskvaga bormaydi
Bundan taşqari, jurnalistlar bilan öşa uçraşuvda Tramp 9 may kuni Moskvaga taşrif buyurişi haqidagi OAV xabarlarini rad etdi. Rossiyada Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalaba kunini nişonlaşda iştirok etadimi, degan savolga Oq uy rahbari: «Yöq, bormayman», deb javob berdi.
Fransiyaning Le Point jurnali avvalroq nomi oşkor etilmagan manbalarga tayanib, Tramp Moskvadagi paradda iştirok etişi va u Rossiya poytaxtida Vladimir Putin bilan uçraşişi haqida xabar bergan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning 9 may bayramini nişonlaş uçun Moskvaga taşrifi hozirça rejalaştirilmaganini aytdi. Jurnalistlarning tomonlar taşrif borasida kelişib oldilarmi, degan savoliga Peskov salbiy javob berdi.








