AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya—Ukraina uruşini töxtatiş muzokaralarida Volodimir Zelenskiy iştirok etişi şart emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Fox News Radiöga bergan intervyusida ta’kidladi.
Trampning sözlariga köra, Ukraina prezidenti sönggi uç yilda «uçraşuvlarda bölgan» va hamon mojaroga barham bera olmagan.
«Töğrisini aytsam, uçraşuvlarda uning qatnaşişi juda muhim emas. Zelenskiy uni Saudiya Arabistonidagi uçraşuvga taklif etişmaganini aytgandi… Bu ustuvor bölmaganini nazarda tutmoqdaman, çunki u şu paytgaça muzokaralarni yomon olib bordi», — deydi Tramp.
Şuningdek, uning aytişiça, AQŞning oldingi prezidenti Jo Bayden va Zelenskiy uruşning oldini olişlari mumkin edi.
«Har safar «Bu Rossiyaning aybi emas», desam meni feyk yangiliklar uçun tanqid qilişadi, ammo şuni aytamanki, Bayden notöğri narsalarni gapirdi, Zelenskiy notöğri narsalar haqida gapirib keldi, ularga ança kuçli va kattaroq tomon hujum qildi. Biroq Rossiyani bundan osonlikça qaytariş mumkin edi», — deydi Tramp.
AR-Riyodda ötkazilgan Rossiya—Amerika muzokaralaridan keyin Donald Tramp Zelenskiyni keskin tanqid qilmoqda. AQŞ prezidentining ma’lum qilişiça, ukrainaliklar orasida Zelenskiyning reytingi pasayib ketgan, şuningdek, Tramp uni «diktator» deb atadi va Ukrainada prezidentlik saylovlarini ötkazişga çaqirdi.
Politico’ning yozişiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga nisbatan oçiqçasiga keskin fikr bildirişi Vaşington Rossiya tomon burilişi bilan boğliq emas, balki konlar böyiça kelişuv tuziş uçun Kiyevga bosim ötkaziş usulidir.









