AQŞ Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask barça davlat xizmatçilari ötgan hafta davomida bajargan işlari töğrisida batafsil ma’lumot berişlari kerakligini ma’lum qildi.

«AQŞ prezidenti Donald Trampning körsatmalariga muvofiq, barça federal xodimlar yaqin vaqt içida ötgan hafta davomida nima iş qilganliklarini tuşuntirişlari talab etilgan elektron xatlarni oladi. Javob qaytarmaslik, iste’foga ketiş sifatida baholanadi», — deb yozadi Mask X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Amaldorlarga yuborilgan xatlarda ulardan «ötgan hafta nimaga erişgani böyiça beşta bandni» körsatiş talab etiladi, şu bilan birga, javob yozayotgan xodimlar maxfiy ma’lumotlarni keltirmasligi kerak. Javob 24 fevral kuni AQŞ vaqti bilan 23:59 ga qadar yöllanişi lozim. Xatlarga javob yozmaslik, iste’fo sifatida baholanişi haqida heç narsa deyilmagan.

Bajarilgan işlar böyiça qisqa rezyumeni AQŞ hukumatidan mustaqil bölgan agentlik — Kadrlar xizmati boşqarmasi söragan. Boşqarma boşliği Maklaurin Pinoverning sözlariga köra, xatlar «Tramp ma’muriyatining samaradorlikni ta’minlaş va federal xodimlarning hisobdorligiga erişiş yölidagi harakatlari» doirasida yöllangan.

Bu turdagi xatlarni barça idoralar, jumladan, Markaziy razvedka boşqarmasi va Oq uy ham olgan. Şuningdek, elektron xatlar Amerikaning turli davlatlardagi diplomatlariga ham yöllangan.

Ayrim idoralar, masalan, Federal tergov byurosi va Adliya vazirligi öz xodimlaridan xatlarga javob qaytarişni keçiktirişni söragan.

Ilon Maskning ma’lum qilişiça, federal xizmatlardan «köplab yaxşi javoblar olingan». U xatga birinçi bölib javob qaytarganlarning xizmat lavozimlarini kötarişga çaqirdi.

Amerika davlat xizmatçilari federatsiyasi — minglab federal xizmatçilarni birlaştiruvçi kasaba uyuşmalarining ma’lum qilişiça, «butun mamlakat böylab öz a’zolari va federal xizmatçilarning har qanday turdagi noqonuniy işdan böşatilişi ustidan şikoyat kiritişlarini» ma’lum qildi.

Ilon Mask amaldorlardan bajarilgan işlar böyiça javob berilişini AQŞ prezidenti Donald Tramp 22 fevral kuni DOGE rahbarini uşbu lavozimda «qattiqqöl bölişga» çaqirganidan keyin talab qildi.