Ilon Mask Grok 3ni taqdim etib, uni “dunyodagi eng aqlli sun’iy intellekt” deb atadi. iPhone 16ning 599 dollarlik versiyasi sotuvga çiqiş arafasida. Aqlli robotlar spektakllarda boş rol ijro etişni ham boşlab yubordi. Tunni bedor ötkazib, kunduzi uxlaşga joy izlab yuradiganlar uçun – yaponlardan maxsus ixtiro. Sönggi bir haftada texnologiyalar olamida kuzatilgan yangiliklar – Kun.uz texnodayjestida.

Sun’iy intellektdagi yangi davr

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask öziga tegişli Grok nomli neyrotarmoqning 3-versiyasini taqdim etdi. xAI tomonidan işlab çiqilgan bu çatbotni Ilon Mask “Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy idrok” deb ta’riflayapti.

Mualliflarning aytişiça, Grok-3’ning kuçli tomoni – u murakkab savollarga aniqroq javob beriş uçun ilğor fikrlaş imkoniga ega. Sun’iy intellekt savollarga javob berişdan oldin ularni kiçik vazifalarga bölib, öz javoblarini tekşirib köriş orqali aniqroq va işonçli natija taqdim etişi aytilyapti. Bunday “yuqori darajada fikrlaşga asoslangan” modellar OpenAI, Google va Deep Seek kabi kompaniyalar tomonidan işlab çiqilgan neyrotarmoqlarni ortga qoldirişi da’vo qilinmoqda.

Ilon Mask Grok-3ʼni “maksimal darajada haqiqatni izlovçi sun’iy intellekt” deb atadi. Unga köra, bu model ba’zan ijtimoiy va siyosiy jihatdan noqulay bölsa ham, haqiqatni aytişga harakat qiladi. Eslatib ötamiz, xAI ilgari Grok çatbotining oldingi versiyalari saylovlarga aloqador ayrim mavzular böyiça notöğri ma’lumot tarqatgani va tasvir yaratiş funksiyasida nazorat sustligi uçun tanqidga uçragandi. Hozirda OpenAI va boşqa kompaniyalar sun’iy intellektning “haqiqatni izlaş” jarayonini nazorat ostida uşlab turiş muhimligini ta’kidlamoqda.

Grok-3ʼdan foydalaniş hozirça bepul. Grok.com saytiga kirib, röyxatdan ötmasdan ham çatbotni işlatiş mumkin. Şunday qilib, maşhur çatbotlar soni yana bittaga köpaydi: Chatgpt, Claude, Gemini, Copilot, Deep Seek… Siz qaysi çatbotlarni işlatyapsiz?

“Arzon” iPhone 16

Apple kompaniyasi iPhone menga qimmatlik qiladi deydiganlar uçun nisbatan hamyonbop narxdagi modelini taqdim etdi. iPhone 16ye deb nom berilgan ixçam smartfonning narxi 599 dollardan boşlanadi. Gadjet 2022 yilda çiqarilgan boşqa bir “hamyonbop” iPhone SE’ning örnini egallaydi. Qurilma takomillaştirilib, “uy” tugmasi olib taşlandi va FaceID’li kattaroq ekran qöşildi. Yangi model boşqa iPhone 16ʼlar kabi tez işlaydigan A18 çipiga ega va Apple Intellegence sun’iy intellektini qöllab-quvvatlaydi. Orqa panelda esa bitta kamera bor: 48 megapiksel va 2x yaqinlaştiriş funksiyasiga ega kamerada 4K sifatidagi video oliş mumkin.

Bundan taşqari, Yangi iPhone 16ye sönggi premium modellar kabi sozlanadigan Action tugmasi, oflayn rejimda SMS yuboriş va favqulodda xizmatlarga kiriş uçun sun’iy yöldoş tarmoqlariga ulaniş imkoniyatiga ham ega.

Appleʼning aytişiça, yangi gadjetning batareya quvvati barça avlod iPhone SE’lariga qaraganda 12 soatgaça uzoqroq işlaydi. Yangi qurilma 128, 256 va 512 gigabaytli oq va qora rangli versiyalarda taqdim etiladi. Yangilaniş doirasida iPhone SE va iPhone 14 modellarining işlab çiqarilişi töxtatildi.Nima deb öylaysiz, arzonroq narxga yap-yangi iPhone 16 olgan yaxşimi yoki uning puliga, masalan, işlatilgan iPhone 14 Pro Max olgan bölarmidingiz?

Aktyor robot

Dunyoda ilk bor robot it teatrda boş rolni ijro etdi. Nyu York teatrlarining birida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan Unitree Go2 nomli robot it “Robot, josus va sun’iy intellektning muhabbati” nomli spektaklda tört oyoqli olapar obrazida debyut qildi. Spektakl syujyeti ilmiy fantastikani komediya tarzida namoyiş etişga möljallangan.

Unitree Go2 Pro roboti Xitoyning Unitree kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan bölib, uning narxi 1600 dollardan boşlanadi. Korpusi alyuminiy va muhandislik plastigidan tayyorlangan. Robotning oğirligi taxminan 15 kg bölib, 3D lidar, keng burçakli kamera, Wi-fi 6, Bluetooth 5.2 va 8000 mA/s siğimli akkumulyator bilan jihozlangan.

Spektaklda debyut tabiiy çiqişi uçun operator robot harakatlarini maxsus ilova orqali boşqaradi va 90 foiz harakatlar qölda amalga oşiriladi. Robotning sakraşi va panjalar harakati kabi murakkab elementlar esa avvaldan dasturlaştiriladi. Köppakka real vaqt rejimida aktyor ovoz berib turadi. Go2 Pröning kuçuklarga xos harakatlardan taşqari, salto qiliş va raqsga tuşiş kabi hunarlari ham bor.

Robot itning spektakldagi debyuti – texnologiyaning borgan sari teatrlarni ham butkul özgartirib yuborişidan darak berayotgandek. Hali kelajakda ssenariysini sun’iy idrok yozgan, aktyorlar tarkibi töliq robotlardan iborat spektakllar ham bizni kutayotgan bölsa kerak. Siz bunaqa spektaklga tuşgan bölarmidingiz?

Uyqu kurtkasi

Yaponiyaning ZZZN kompaniyasi istalgan şaroitda uxlaş imkoniyatini beruvçi “Sehrli” kurtkani taqdim etdi. Sleep Apparel System nomli yangi innovatsion paxmoq kurtka bilan endi duç kelgan joyda uxlab ketaveriş mumkin. Masalan, uyquçi talabalar öqişida, tunni rils körib ötkazgan xodimlar iş joyida, arzon çipta olib uyqusiz yuradigan sayohatçilar esa aeroportda qulay tarzda mizğib olişi mumkin.

Kurtka issiqlik va yumşoqlikdan taşqari, odamning biometrik ma’lumotlarini kuzatiş, ovoz tizimi, yoritiş tizimi va turli şaroitlarga moslaşuvçanlik kabi funksiyalarni ham bajaradi.

Masalan, kurtka komplekti içida “aqlli” uzuk bölib, u foydalanuvçining barqaror uyqu holati, stress darajasi va yurak uriş tezligini kuzatib turadi. Ovoz tizimi esa boş qismiga örnatilgan quloqçinlar yordamida tez va çuqur uyquga ketişni ta’minlab beradi. Va uyqu paytida odamni taşqi ovozlardan izolyatsiya qiladi. Eng qiziği, kurtkaning boş va kapuçon qismi ketma-ket yopiladi va hatto ötirgan holatda ham uxlaş imkonini beradi.

Sleep Apparel System kurtkasi 2025 yilda 13 apreldan 13 oktyabrgaça Osaka şahrida bölib ötadigan Expo körgazmasida namoyiş etilişi rejalaştirilyapti. Qaçon va qança narxda sotuvga çiqişi – noma’lum. Siz bunaqa kurtkani qança narxga sotib olgan bölardingiz?

Gavhar Ziyodullayeva tayyorladi.