AQŞ prezidenti Donald Tramp ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi rahbari general Çarlz Braunni iste’foga çiqardi. Donald Tramp Braunga «40 yildan ortiq xizmati» uçun minnatdorçilik bildirdi.

«U ajoyib jyentlmen va ajoyib lider, men unga va uning oilasiga buyuk kelajak tilayman», deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.

Oq uy rahbari, şuningdek, böş turgan lavozimga AQŞ harbiy-havo kuçlari general-leytenanti Den Keyn tayinlanganini ham ma’lum qildi. U Keynni «tajribali uçuvçi» deb atadi va uning IŞID jangarilarini yengişdagi rolini qayd etdi.

«Köplab harbiy «daholar» IŞID taşkilotini yengiş uçun yillar kerak bölişini aytişgan. General Keyn esa bunga tezda erişiş mumkinligini aytdi va u şunday qildi», dedi Tramp.

Avvalroq Tramp Hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) rahbarlik qiluvçi Ilon Maskka AQŞ Mudofaa vazirligi faoliyatini qayta körib çiqişni topşirgan edi. Prezident Mask AQŞ mudofaa tizimidagi «yuz milliardlab dollarlik firibgarlik va suiiste’molni» foş etişini aytdi.