Yevropa davlatlari Ukrainaga kamida 20 milliard yevrolik harbiy yordam paketi ustida işlamoqda, deb xabar berdi Politico va Bloomberg diplomatik manbalarga tayanib. Yevropa Ittifoqi şu tariqa AQŞning Rossiya bilan yaqinlaşuvi fonida Kiyevni qöllab-quvvatlaşga harakat qilmoqda. Paketga, xususan, artilleriya snaryadlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar kiradi.

Ukrainaga harbiy yordam körsatiş böyiça sa’y-harakatlar Yevropa diplomatiyasi rahbari, Estoniyaning sobiq boş vaziri Kaya Kallas tomonidan muvofiqlaştirilmoqda. Politico suhbatdoşlari ta’kidlaşiça, yordam, katta ehtimol bilan, «ayrim davlatlar — birinçi navbatda Vengriya qarşiligini hisobga olgan holda, Yevropa Ittifoqining rasmiy paketi emas, balki alohida a’zo davlatlarning birlaşgan badallari» şaklida taqdim etiladi.

Şu bilan birga, bir neça kun oldin Politico Yevropa Ittifoqi Ukrainaga kamroq miqdorda — olti milliard yevrolik harbiy yordam paketi berişga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.

The Telegraph ma’lumotiga köra, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ham Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça yangi paketa haqida e’lon qilmoqçi. Bu 24 fevral, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boşlanganiga uç yil tölgan kuni e’lon qilinişi taxmin qilinmoqda. 

Bundan taşqari, London Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar e’lon qilişni rejalaştirmoqda. Yana bir qöllab-quvvatlaş çorasi Rossiyaning «iflos pullari»ga qarşi kuraşning yangi sxemasi böladi. Hukumatdagi manbaning sözlariga köra, Buyuk Britaniya tomonidan ta’qib obekti «Vladimir Putinni qöllab-quvvatlovçi oligarxlar» bölişi mumkin.

The Telegraph qayd etişiça, Buyuk Britaniya uşbu qarorlari bilan Vaşington va Londonning Rossiya-Ukraina mojarosi böyiça pozitsiyalaridagi tafovutlarni «yaqqol körsatib beradi».