Ispaniya politsiyasi odam savdosi va ayollarni fohişalikka majburlaş bilan şuğullanib kelgan jinoiy tarmoq faoliyatiga çek qöyilganini ma’lum qildi.
Politsiya ma’lumotlariga köra, oxirgi bir yil içida mingga yaqin ayol uşbu tarmoq orqali ötgan. Operatsiya davomida 48 nafar ayol ozod etilgan.
Odam savdosida gumonlanib 48 kişi qölga olingan, ularning uç nafari — ikki kolumbiyalik va bir ispan töda yetakçisi ekani taxmin qilinmoqda.
Jinoyatçilar jabrlanuvçilarni Lotin Amerikasidan, «asosan Kolumbiya va Venesueladan yollagan». Ularga Ispaniyada farroşlik yoki gözallik salonida iş taklif qilingan, ammo Ispaniyaga olib kelinganida ular fohişalik qilişga majburlangan, doimiy nazorat ostida uşlangan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil may oyida Italiya politsiyasi Kalabriya mafiya taşkiloti «Ndrangeta»ga qarşi ötkazilgan reyd davomida 109 nafar gumonlanuvçini qölga olgandi. «Ndrangeta» Italiyadagi eng qudratli zamonaviy mafiya guruhlaridan biri hisoblanadi. U qurol, odam va giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanadi hamda köp milliard dollarlik aylanmaga ega.








