“Özbekiston prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qilişni kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimça kiritiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimça kiritildi:

  • 2025 yil 1 martdan harbiy xizmatçilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun tölanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oşiriladi;
  • 2025 yil 1 iyundan qonunçilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratiş körsatkiçlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni ötagan harbiy xizmatçilarga turarjoy sotib oliş (quriş) uçun ipoteka krediti olinişida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.

Prezidentning 2005 yil 30 iyundagi PQ–112-son qaroriga kiritilgan özgartirişlarga köra:

🔘2025 yil 1 martdan yil yakunigaça Qurolli Kuçlarning kontrakt böyiça xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatçilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uçun:
– Toşkent şahrida – BHMning 4,8 baravarigaça miqdorda;
– Nukus şahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigaça miqdorda;
– boşqa şaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigaça miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi tölovlari belgilandi.

Oila a’zolari 3 kişi va undan ortiq bölgan taqdirda harbiy xizmatçilarning uşbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oşiriladi.

2026 yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi tölovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib çiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.