Teleboşlovçi Vladimir Pozner, Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilev va uning rafiqasi, mudofaa vaziri örinbosari Anna Tsivileva, şuningdek, önlab boşqa jismoniy va yuridik şaxslar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi uç yilligi munosabati bilan Kanadadan yangi sanksiyalar paketiga duçor böldi. Umuman olganda, 24 fevral, duşanba kuni Kanadaning sanksiyalar röyxatiga 33 kişi va 44 kompaniya, şuningdek, Rossiya «soyadagi floti»ning 109 tankeri qöşildi.

Boşqalar qatorida taniqli çanğiçi va Rossiya çanği poygalari federatsiyasi prezidenti Yelena Vyalbe, Axmat Qodirov jamğarmasi, "Artek", "Institut razvitiya interneta", Rossiya Aerokosmik kuçlari hamda radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlariga çeklovlar qöyildi.

Bundan taşqari, Xitoy, Kipr va Eron kompaniyalari ham sanksiyalarga duçor bölgan. Ulardan biri Iran Air.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari ön oltinçi töplami

Şu kunning boşida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi 16-sanksiya paketini qabul qildi. U energetika, savdo, transport, infratuzilma va moliyaviy xizmatlar kabi Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga qaratilgan keng qamrovli çora-tadbirlarni öz içiga oladi, şuningdek, sanksiyalardan qoçiş va Rossiya dezinformatsiyasiga qarşi kuraşni kuçaytiradi.

Mavjud sanksiyalarni çetlab ötişga qarşi kuraşiş çora-tadbirlari doirasida röyxatga yana 74 ta kema qöşildi (hozirda ularning umumiy soni 153 taga yetgan). Uşbu kemalar «soyadagi flot»ning bir qismidir yoki Rossiyaning energiya daromadlariga hissa qöşgan, deyiladi press-relizda. Sanksiyalar röyxatiga kiritişning yangi mezoni joriy etildi: xavfli neft tankerlarining işlaşini qöllab-quvvatlovçilarga nisbatan sanksiyalar qöllandi.

Bundan taşqari, Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qöllab-quvvatlovçi yoki sanksiyalarni çetlab ötişda iştirok etuvçi 53 ta yangi kompaniya uçun maqsadli eksport çeklovlari joriy etildi. Ularning 34 tasi Rossiyadan taşqarida, xususan Turkiya va Xitoyda joylaşgan.

Çeklovlar, şuningdek, 48 nafar şaxs va Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qöllab-quvvatlovçi 35 taşkilotga ham ta’sir körsatdi. Ular sanksiyalardan qoçiş, kripto-aktivlar va yuk taşiş sanoatida işlaş bilan şuğullangan. Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxati bir qator yirik rossiyalik tadbirkorlar va kompaniyalar rahbarlarini öz içiga olgan holda kengaytirildi.

24 fevral kuni Buyuk Britaniya ham Rossiyaga qarşi 2022 yildan beri eng yirik sanksiyalar paketini e’lon qildi.