Bugun, 25 fevral kuni Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Bu haqda boş vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Martabali mehmonni Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan söng, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi Özbekiston» boğiga bordi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qöydi.
Mehmonga majmuaning me’moriy yeçimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atrofliça ma’lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida çuqur taassurot qoldirdi.








