Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya, AQŞ va Xitoyda mudofaa xarajatlarini ikki baravar kamaytiriş taklifini qöllab-quvvatladi va öz mamlakatining harbiy budjetini qisqartirişga tayyorligini aytdi.
«Ammo biz Qöşma Ştatlar bilan kelişuvga erişişimiz mumkin edi, biz bunga qarşi emasmiz. Menimça, bu ğoya yaxşi: Qöşma Ştatlar 50 foizga, biz esa 50 foizga qisqartiramiz. Va agar xohlasa, Xitoy Xalq Respublikasi ham qöşiladi. Bizning fikrimizça, taklif yaxşi va bu masala böyiça muhokamalarga tayyormiz», dedi Putin VGTRK telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadro quroli, mudofaa böyiça muzokaralar olib bormoqçi
Fevral oyi örtalarida AQŞ prezidenti Rossiya va Xitoy bilan yadroviy qurollarni nazorat qiliş va har uç davlatning harbiy budjetlarini qisqartiriş böyiça muzokaralar olib boriş istagida ekanligini aytdi.
«Hammasini hal qilganimizda, men ötkazmoqçi bölgan birinçi uçraşuvlardan biri bu Xitoy raisi Si (Jinping) va Rossiya prezidenti (Vladimir) Putin bilan böladi. Men harbiy budjetimizni yarmiga qisqartiraylik, deb aytmoqçiman», dedi u.
Trampning qöşimça qilişiça, mamlakatlar «yangi yadro qurollarini işlab çiqişlari şart emas», çunki «bizda u yetarli darajada köp. «Biz hammamiz köp pul sarflaymiz, biz uni boşqa narsalar uçun işlatişimiz mumkin, bu, umid qilamanki, yanada samaraliroq böladi», dedi siyosatçi.








