15 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida mudhiş qotillik yuz berdi: noma’lum şaxslar ona va uning ikki farzandini öldirib, jinoyatni yaşiriş uçun uyiga öt qöygan. 10 kundan köproq vaqt ötganiga qaramay jinoyat haligaça foş etilmadi. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlarini örganiş maqsadida qotillik sodir etilgan mahallada böldi.
2025 yil 15 fevral kuni tungi soat 3:00 lar atrofida Uzun tumanining Yangiyöl mahallasida noma’lum şaxslar 1982 yilda tuğilgan Mahbuba Rajabova xonadonida qotillikka qöl urgan. Qotillar dastlab onani, söngra uning farzandini öldirişgan.
Qöşni ayolning Kun.uz’ga bildirişiça, marhumaning 3 farzandi bölgan. Ulardan 2 nafari urib öldirilgan, 1 nafari omon qolgan.
Fojiaga marhumaning eri özgalardan katta miqdorda qarzdor bölgani asosiy sabab qilib körsatilmoqda. Ayolning turmuş örtoği qarzi sabab 2021 yilda Rossiyaga ketgan. Şundan beri uyiga qaytmagan.
“Rossiyada kimdandir qarz bölganmi, bilmaymiz-da, qarz berganlar jim bölib ketgandi. Heç narsa deb bölmaydi u odamni, bolalarining boşini yedi. Hozir u qamoqda, şu kuni keldi, qarzdorlar janjalsiz ketib qolardi, u opa juda muomalali edi”, deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatlaşgan ayol.
Qöşni ayolning aytişiça, marhumaning 2017 yilda tuğilgan qizi va erning birinçi turmuşidan bölgan öğli halok bölgan. 2016 yilda tuğilgan qizi esa şifoxonaga yotqizilgan.
Yangiyöl mahallasi raisi Nuriddin Obilovning Kun.uz’ga aytişiça, marhuma Mahbuba Rajabovaning eri Rossiyaga ketmasidan oldin fermer bölib işlagan. U 2021 yilda fermerlik faoliyatini tugatgan hamda maşinasini sotib, Rossiyaga yöl olgan.
“Bu oilaning köçib kelganiga 15 yillar bölyapti. Yaxşi oila edi, qöşnilardan ham söraşingiz mumkin, biror yomon fikr aytmagan. Ayol maktab öqituvçisi edi. Farzandlarini yaxşi tarbiya qilgandi. Eri taxminan 2021 yilda Rossiyaga ketgandi. Bu ikkinçi oilasi. Marhuma ayol erining birinçi turmuşidagi farzandini öz farzandidek körib tarbiya qilardi. Mahallaga yordam sörab bormagan, ğururli ayol edi. Mudhiş voqea bölib qoldi, hammamiz şokdamiz”, deydi Obilov.
Raisning ma’lum qilişiça, mahallada 50 yildan buyon bunaqa voqea bölmagan.
Kun.uz fojiaga aloqador boşqa tafsilotlarni örganiş uçun marhumaning ota-onasi yaşayotgan Sariosiyo tumaniga bordi. Mahbuba Rajabovaning otasi tergov ketayotganligini vaj qilib qizi va kuyovi haqida aniq bir gap aytmadi.







