Havo tozalagiç ommalaşyapti

Rasmiy statistikalarsiz ham aytiş mumkinki, oxirgi 2 yilda poytaxtliklar uyida, işxonasida, dökonlarda havo tozalagiçlardan foydalanişi ortgan. Turli ijtimoiy tarmoqlarda ötkazilgan kiçik sörovnomalardan ham aholi ayniqsa 2024-2025 yilda köproq havo filtrlagiçlardan foydalangani oydinlaşadi.

Jumladan, X (Twitter) tarmoği foydalanuvçilaridan işxona yoki uyda havo tozalagiç va namlantirgiçlardan qança paytdan beri foydalanişayotgani söralgan. Javoblar quyidagiça bölgan:

– Mi4 Lite havo tozalagiç işlataman. Birinçi yoqqanimda PM2,5 darajasi xona içida 260 [indeks qiymatda] edi. Uy har kuni quruq va nam tozalansa ham, 15 daqiqada 4-5 ga tuşirib berdi. Deraza yoki eşikni oçsam, yana kötarilişni boşlaydi. Şundan keyin uyqu yaxşilandi. Burun bitişi ketdi.

– 4 yildan beri namlantirgiç işlataman, nafas oliş ança yengil va uyqu sifatli, endi havo tozalagiç olmoqçiman.

– Polaris PUX-1010 2 yildan beri hozirça yaxşi işlayapti, boşqaruvi juda qulay, havo tozalagiç oliş rejada bor, şu firmanikini olmoqçiman.

– Özbekistondaligimizda işlatardik. Juda qimmatini AQŞdan keltirib, tilim kuygan Woltage töğri kelmay, 3 kunda buzilgan. Hozir Xiaomi Air Cleaner Smart turibdi uyda. Sifati seziladi, kun davomida işlab tursa, allergiya va aksiriş kamayadi, uyqu sifati ortadi.

– Oktyabrda oldim. Foydasi yöq deb öylagandim. Lekin bolalarimning yötali qoldi. 1 hafta işlatmaganimdan keyin bolalar yötalişni boşlaşdi. Balki tasodifdir.

– Xiaomi air purifier 4 lite işlatamiz, puliga 100 foiz arziydi. Oynani oçişingizga farq yaqqol seziladi. Hozir aniq aytolaman, uyqu sifati ança yaxşilandi.

– Xonamga Xiaomi air purifier 4 compast olganman, oynani oçişim bilan işlaşi tezlaşib ketadi havoda xavfli zarraçalar köpayganidan.

Facebook’da ham tarmoq foydalanuvçilari xonada turli havo tozalagiçlardan 1 yildan oşiq vaqt davomida foydalanib kelişayotgani va uning foydasini sezişayotganini yozişgan.

Instagramʼda esa tarmoq foydalanuvçisi özi işlatayotgan havo tozalagiç qança çang yiğganini videoga