Noyabr oyida Ruminiya prezidentligi saylovlarida iştirok etgan öta öng rossiyaparast siyosatçi Kelin Jorjyesku politsiya tomonidan qölga olindi. U özining saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalaştiriş işi böyiça söroq qiliniş uçun Boş prokuraturaga olib boriladi.

Qayd etilişiça, idora binosida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Jorjyesku nomzodini qöllab-quvvatlagan öng qanot «Ruminlarni birlaştiriş alyansi»dan saylangan deputatlar huquq-tartibot idoralari vakillaridan tuşuntiriş talab qilişlarini bildirdi.

26 fevral kuni Ruminiya Boş prokuraturasi va politsiyasi konstitutsiyaviy tuzumni buziş hamda saylov kampaniyasini moliyalaştiriş manbalari töğrisida yolğon ma’lumot berişga oid jinoyat işi doirasida 40 ga yaqin tintuv ötkazgandi. Gumonlanuvçilar orasida harbiy instruktor Xoratsiu Porta ham bor — u Jorjyesku atrofidagi şaxslardan hisoblanadi.

Rossiyaparast siyosatçi Kelin Jorjyesku noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarining birinçi turida 23 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan edi, ammo keyinroq Konstitutsiyaviy sud ovoz beriş natijalarini bekor qildi. Bunga hukumat tomonidan rumin razvedkasi (SRI) ma’lumotlari oçiqlangani sabab böldi. Uşbu ma’lumotlarda Jorjyeskuning TikTokʼdagi tarğiboti uçun Bogdan Peşir ismli ruminiyalik 381 ming dollar tölagani keltirilgan.

Prezidentlikka nomzodning özi bir sent ham sarflamaganini bildirgan. SRI, şuningdek, Jorjyesku nomzodining ilgari surilişi ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgan bölişi mumkinligini istisno etmagan. 6 dekabr kuni Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi saylovlarning birinçi turi natijalarini bekor qildi. Yangi ovoz beriş jarayonlari 4 may sanasiga belgilangan.