Fransiya Germaniya hududiga yadroviy qurollarga ega öz qiruvçi samolyotlarini joylaşgirişga tayyor, deb yozadi The Telegraph öz manbalariga tayanib.

Yevropaning AQŞdan «mustaqil» bölişini yoqlovçi Germaniya kanslerligiga nomzod Fridrix Mers Buyuk Britaniya va Fransiyani mintaqa mudofaasi uçun yadroviy arsenalidan foydalanişni kengaytirişga çaqirdi.

Naşr manbasining ta’kidlaşiça, Fransiya qiruvçi samolyotlarining Germaniyaga joylaştirilişi Vladimir Putin uçun ogohlantiriş böladi. Öz navbatida Berlindagi diplomatlar Fransiyaning qarori Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerga ham bosim körsatişini va undan ham şunday yöl tutiş talab qilinişi mumkinligini taxmin qilgan.

«Bir neçta fransuz yadroviy reaktiv qiruvçilarini Germaniyaga joylaştiriş qiyin bölmasligi kerak va u Rossiya uçun işonarli signal bölib xizmat qiladi», — deydi naşr suhbatdoşlaridan biri.

Nemis diplomatlarining sözlariga köra, hozirça bu boradagi muzokaralar boşlanmagan, çunki Mers koalitsion hukumatni şakllantiriş bilan band.

Şu bilan birga, The Telegraph manbalaridan birining ta’kidlaşiça, Germaniya hukumati agar AQŞ özining yadroviy kuçlarini olib çiqib ketmasa, Fransiya qiruvçi samolyotlarining mamlakatga joylaştirilişini rasman söraşi dargumon.

Ma’lumotlarga köra, Fransiya 300 ta yadroviy jangovar zaryadga ega. Buyuk Britaniyaning yadroviy tutib turiş kuçlari «Vengard» tipidagi törtta strategik atom suvosti kemasidan iborat bölib, ularning har biri 16 ta yadroviy kallakni taşiy oladi.

Yevropa davlatlari mudofaa va xavfsizlik masalalarida uzoq vaqtdan beri AQŞga tayanib kelmoqda. Hozirda Qöşma Ştatlar taxminan 100 ta yadroviy raketasi yordamida Yevropa xavfsizligini ta’minlayapti, ularning aksariyati AQŞning Germaniyadagi harbiy bazasiga joylaştirilgan.

Yevropalik ittifoqçilarni köp yillardan beri tanqid qilib keladigan Donald Tramp AQŞ prezidentligi lavozimiga kirişgaç, Qöşma Ştatlar va Yevropa munosabatlarida inqiroz boşlandi. Yevropalik amaldorlar AQŞ YeI hududidagi harbiy xizmatçilari va harbiy texnikalarini olib çiqib ketişi, şuningdek, Ukraina va Yevropaning asosiy xavfsizlik kafolati rolidan voz keçişi mumkinligidan xavotirlanmoqda.