Sönggi vaqtlarda Turkiya hududida ayrim toifadagi jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan Özbekiston fuqarolariga yirik pul mablağlari evaziga AQŞga doimiy yaşaşga yuboriş, şuningdek, Yevropa mamlakatlarining vizalarini rasmiylaştirib berişni va’da qiliş orqali firibgarlik jinoyatlarining sodir etilişi holatlari köpaymoqda, deb xabar beradi Istanbuldagi Boş konsulxona.

Qayd etilişiça, bu toifadagi şaxslarga işongan fuqarolar jiddiy muammolarga duç kelib, ularning körsatmasi bilan turli xorijiy davlatlarga, asosan Osiyo va Afrika davlatlariga borib, u yerda sarson-sargardon bölmoqda.

«Kuni-keça AQŞga ketiş ilinjida firibgarlar tuzoğiga tuşib, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida farzandi bilan oğir ahvolda qolgan yana bir ayol vatandoşimiz Boş konsulxona yordamida Özbekistonga yuborildi», — deyiladi xabarda.

Boş konsulxona noqonuniy migratsiyaning jiddiy oqibatlarini eslatib ötdi:

  • pul mablağlaringizni firibgarlar özlaştirib yuborişi;
  • hujjatlarning noqonuniy yöl bilan olib qöyilişi;
  • çet elda hujjatsiz qolib, huquqiy muammolarga duç keliş;
  • jinoiy javobgarlikka tortiliş;
  • deportatsiya yoki uzoq muddatli taqiqlarga uçraş.

«AQŞga yoki Yevropa mamlakatlariga qonuniy yöl bilan çiqiş uçun faqat rasmiy vakolatli idoralarga murojaat qiling. Heç kimga vizani yoki AQŞga noqonuniy ötişni va’da qilib, pul talab qilayotgan şaxslarga işonmang. Şaxsiy hujjatlaringizni begona odamlarga topşirmang», — deya ta’kidlanadi ogohlantirişda.

Avvalroq Turkiyadagi özbekistonliklar katta pul va’da qilayotgan jinoiy guruhlar haqida ogohlantirilgan edi.