RŞTYoIM Buxoro filiali mutaxassisi tomonidan yoş yigitning oşqozon va 12 barmoqli içaklariga tuşgan yot jismlar muvoffaqiyatli olib taşlandi. Bu haqda filial axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, RŞTYoIM Buxoro filialiga 2005 yilda tuğilgan bemor köngil aynişi, epigastral sohasidagi kuçli oğriq va ovqat ötişining qiyinlaşişi şikoyatlari bilan murojaat qilgan. Psixiatr nazoratida röyxatda turuvçi yigit 2 kun oldin köp töğnoğiç va mix yutganini bildirgan.

Bemorda ötkazilgan rentgenografiya tekşiruvida oşqozon va 12 barmoqli içakda metallsimon yot jismlar, töğnoğiç va mixlar borligi aniqlangan.

Yigitda zudlik bilan endoskopik amaliyot usuli muvoffaqiyatli bajarilgan. Xirurg endoskopist A.Haydarov tomonidan maxsus endoskopik qisqiç va ilgaklar yordamida bemor oşqozoni va 12 barmoqli içak böşliğidan 5 dona töğnoğiç hamda 6 dona mix olib taşlangan.

Hozirda bemorning ahvoli ijobiy tomonga özgarib, oşqozon içak traktidagi patologik muammolar bartaraf qilinişiga erişilgan.

Qöşimça qilinişiça, sönggi yillarda aholining oşqozon, içak organlariga yot jismlarning tuşişi böyiça tibbiyot muassasalariga murojaatlar qiliş holatlari nisbatan köpaygan. Yot jismlarning oşqozon, içak va boşqa organlarga tuşişi holatlari 1 yoşdan 25 yoşgaça bölgan erkak va ayollarda köp uçraydi.