Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalasiga bağişlangan yiğilişda manfaatlar töqnaşuvi, qimmat narxda tovar sotib oliş yoki xizmat körsatiş asosan davlat xaridlarida kuzatilayotgani körsatib ötildi.
«Umuman, töğridan töğri sotib olsa böladigan 50 dan ortiq tovar va xizmat turlari bor. Lekin birorta rahbar buni röyxatdan çiqaraylik, hamma tanlov qilib olsin, narx arzon böladi, degan taklifni bildirmadi», degan davlat rahbari.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasiga parlamentning budjetga mas’ul qömitalari bilan birgalikda töğridan töğri xaridlarni 2 karra qisqartiriş topşirildi. Yil yakunigaça sun’iy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlaş va oldini oliş böyiça elektron tizimni işga tuşiriş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, bu borada Ekspert komissiyasi tuziladi. Uşbu komissiya ilğor tajriba asosida davlat xaridlarida tovarlarning örtaça bozor narxlari körinib turadigan elektron platforma yaratib, undagi ma’lumot yangilanib turadigan tizim qiladi.
Bunda, davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi örtaça bozor narxidan köpi bilan 20 foizdan oşmasligi şart. Uşbu talabni buzganlik uçun qonun bilan javobgarlik va jarimalar joriy qilinadi.
Budjetdan taşqari mablağlar hisobiga olinayotgan tovarlarni ham tartibga soliş vaqti kelgani ta’kidlandi. Budjet va budjetdan taşqari mablağ hisobidan asosiy vositalarni xarid qiliş böyiça talablar kuçaytirilişi belgilandi.
Davlat idoralarida xizmat transportida yurişni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga ötiş zarurligi qayd etildi.

Yirik loyihalarni yuqori darajadagi korrupsiyaga qarşi standartlardan kelib çiqib baholaş lozimligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga bunday investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarşi standartlarni joriy etiş, yirik auksion şartlarini raqobatdoşlik ekspertizasidan ötkazişni yölga qöyiş topşirildi.
Şuningdek, “Şaffof quriliş” platformasi qamrovi oşirilişi, xalqaro taşkilotlar loyihalariga ham bosqiçma-bosqiç joriy qilinişi belgilandi.
Bu işlar xalqaro moliya taşkilotlari iştirokidagi qurilişlarda subpudratçilarni yollaş va 1 million dollargaça bölgan loyihalardan boşlanadi.











