“Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
 
Özbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi hukumatlari örtasida migratsiya va mobillik sohasida keng qamrovli şeriklik töğrisidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 15 sentabrda Samarqand şahrida imzolangan.

Şartnomani amalga oşiriş uçun, Migratsiya agentligi taşqi mehnat migratsiyasi qismi böyiça, Içki işlar vazirligi readmissiya qismi böyiça mas’ul bölgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oşirilişi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Özbekiston va Germaniya 2024 yil 15 sentabr kuni Germaniya kansleri Olaf Şols taşrifi çoğida migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama şeriklik töğrisidagi hukumatlararo bitimni imzoladi.

Hujjat 25 moddadan iborat bölib, malakali mutaxassislar, jumladan, talabalar va professional ta’lim olayotgan şaxslar, şuningdek, ikki mamlakat hududida işlaşga intilayotgan jurnalistlar va olimlarning haqqoniy mobilligini rağbatlantirişni nazarda tutadi.

Bundan taşqari, kelişuv iş uçun vaqtinçalik migratsiyani rağbatlantiriş va soddalaştiriş, iş, kasbiy ta’lim va malaka oşiriş maqsadida mamlakatda uzoq muddatli bölişni rağbatlantirişga qaratilgan.

Tomonlar, şuningdek, noqonuniy migratsiya va migrantlarni noqonuniy olib kirişning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş, şuningdek, mehnat ekspluatatsiyasi, majburiy mehnat va odam savdosi, jabrlanuvçilarni himoya qiliş masalalarida hamkorlik qiladilar.

Bundan taşqari, kelişuvda yaşaş yoki ikki mamlakat hududiga kiriş şartlarini bajarmagan fuqarolarni qaytarişni soddalaştiriş nazarda tutilgan.