2025 yilning ilk oyida Özbekiston eng yirik oltin xaridoriga aylandi, deya xabar bermoqda Jahon oltin kengaşi (WGC).

Yanvarda markaziy banklarning sof oltin xaridlari 18 tonnaga yetdi. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari yetakçilik qilmoqda. Özbekiston, Xitoy va Qozoğiston eng yirik xaridorlar sifatida ajralib turdi.

Özbekiston Markaziy banki 8 tonna oltin sotib olib, umumiy oltin zaxiralarini 391 tonnaga yetkazdi. Natijada qimmatbaho metallning mamlakat xalqaro zaxiralaridagi uluşi 82 foizga yetdi.

Xitoy Xalq bankining oltinga bölgan qiziqişi yuqoriligiça qolmoqda. XXB ketma-ket uçinçi oyda ham sof xarid amalga oşirib, yanvar oyida 5 tonna oltin sotib oldi. Şu tariqa, oy oxiriga kelib, XXRning oltin zaxiralari 2 285 tonnaga yetdi, bu – mamlakat umumiy xalqaro zaxiralarining 6 foizini taşkil etdi.

Qozoğiston ham oltin zaxiralarini oşirdi. Qozoğiston Milliy banki 4 tonna oltin sotib oldi. 2025 yil 17 yanvar kuni matbuot anjumanida QMB raisi Timur Suleymenov bank “oltin xaridlarida pul-kredit neytralligiga ötiş” masalasini muhokama qilayotganini ta’kidlab, bunda asosiy maqsad xalqaro zaxiralarni oşiriş va iqtisodiyotni taşqi zarbalardan himoya qiliş ekanini bildirdi. Şuningdek, QMB oltin xaridlariga boğliq bölgan “aks ta’sir operatsiyalari” doirasida AQŞ dollarini sotişni boşlaganini e’lon qildi. Qozoğistonning umumiy oltin zaxiralari 288 tonnaga yetdi, bu esa mamlakat xalqaro zaxiralarining 55 foiziga teng.

Şuningdek, Polşa Markaziy banki (3 tonna), Hindiston Rezerv banki (3 tonna), Çexiya Milliy banki (2 tonna) va Qatar Markaziy banki (1 tonna) 2025 yil yanvar oyida sof xaridlarini davom ettirdi.

Oy davomida Rossiya va Iordaniya markaziy banklari har biri 3 tonnadan, Qirğiziston Milliy banki esa 2 tonna oltin sotgani qayd etildi.

Jahon oltin kengaşi tahlillariga köra, harbiy mojarolardan iqtisodiy keskinliklarga ötiş jarayoni ayniqsa 2022 yildan buyon markaziy banklarning oltin xaridlarini oşiriş tendensiyasini mustahkamladi. Köplab markaziy banklar oltin narxining vaqtinçalik pasayişlaridan unumli foydalangan holda strategik xaridlar amalga oşirdi. Aksinça, oltin narxi keskin oşgan paytlarda sotuvlar çeklangan va asosan taktik xarakterga ega bölgan.

“Markaziy banklarning oltinga bölgan barqaror qiziqişi uning rivojlanayotgan geosiyosiy xatarlar şaroitida strategik ahamiyatga ega aktiv ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”, – deyiladi WGC tahlilida.