Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat xalqiga murojaat yöllab, Rossiya butun Yevropa uçun tahdid ekanini ma’lum qildi.

Makron öz murojaatini fransuzlarni «asosli taşvişga solayotgan» «xalqaro vaziyat» bilan izohladi. U AQŞ Ukrainadagi uruş böyiça «öz pozitsiyasini özgartirgani» va Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlar joriy etişni rejalaştirayotganini ta’kidladi.

«Biz yangi davrga kirib boryapmiz», — dedi Makron. Uning sözlariga köra, Rossiya Şimoliy Koreya askarlari va Eron harbiy texnikalaridan foydalanib, Ukrainadagi uruşni «global mojaro»ga aylantirib yuborgan. Şuningdek, u Rossiya özining harbiy potensialini oşirayotganini qayd etdi. Fransiya prezidentining fikriça, Yevropa AQŞ «ular tarafida bölmasligiga» tayyor turişi kerak.

«Rossiya Ukrainada töxtaşiga kim işonadi? Rossiya Fransiya va Yevropa uçun tahdidga aylandi… Men aytayotgan vaziyat rostdan ham aynan şunday va biz buni hal etişimiz kerak. Va tinçlikka eltuvçi yöl Ukrainasiz böla olmaydi. Ukraina kapitulyatsiyasi orqali tinçlikka erişib bölmaydi. Biz Rossiya Ukrainaga bosqinini 2014 yilda boşlaganini unuta olmaymiz. Biz Minskda öt oçişni töxtatişga kelişib olganmiz», — dedi Makron.

Makronning ma’lum qilişiça, Yevropa ittifoqçilari bilan işlaş Fransiya manfaatlariga mos keladi. Keyingi hafta u «mustahkam tinçlik»ni yaratişda iştirok etişni xohlovçi davlatlarning rahbarlarini töplaydi. Fransiya uşbu rejani Ukraina va Yevropadagi boşqa şeriklari bilan tayyorlagan.

«Ukrainada tinçlik tez örnatiladimi yoki yöq, Yevropa davlatlari özini yaxşiroq himoya qiliş imkoniyatiga ega bölişi kerak. Biz mudofaamizni kuçaytirişimiz lozim. Bu masalada biz NATOga sodiqmiz, ammo öz mustaqilligimizni mustahkamlaşimiz darkor. Yevropaning kelajagi Vaşington va Moskvada hal etilişi kerak emas», — deya ta’kidladi Makron.

Fransiya prezidenti, şuningdek, «Yevropadagi ittifoqçilari bilan yadroviy tiyib turiş böyiça» munozarani boşlaşga qaror qilganini aytdi. «Nima bölganda ham qaror doim prezident, qurolli kuçlar boş qömondoni tomonidan qabul qilinadi va uning qölida qoladi», — dedi Makron.

«Yevropadagi eng samarali armiyaga egamiz va bizda yadroviy tiyib turiş imkoniyati bor. Bu bizni qöşnilarimizdan köra yaxşiroq himoya qiladi», — deya ta’kidladi Fransiya prezidenti.