Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov har kungi matbuot brifingida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Yevropa xavfsizligini kuçaytiriş zarurligi va Ukrainaning uruşdagi mağlubiyatiga yöl qöyib bölmasligini aytgan xalqqa murojaatini keskin tanqid qildi. Peskov Makronning çiqişini «juda va juda ziddiyatli» deb atadi.
Nutq, haqiqatan ham, öta ziddiyatli. Uni tinçlik haqida öylaydigan davlat rahbarining nutqi sifatida qabul qiliş qiyin. Aytilganlardan şunday xulosa çiqariş mumkinki, Fransiya köproq uruş haqida, uruşni davom ettiriş haqida öylamoqda.
Peskov, şuningdek, Makron öz nutqida «Rossiyani deyarli duşman, Fransiyaning raqibi deb atagani»dan, biroq «NATO harbiy infratuzilmasi doimiy ravişda Rossiya çegaralari tomon sezdirmay yaqinlaşgani» haqida gapirmaganidan nolidi.
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ham xuddi şunday ohangda munosabat bildirdi. U Makronning yadro quroli haqidagi bayonotlarini «Rossiyaga tahdid» deb bilişini aytdi hamda Napoleon va Adolf Hitlerni «Makronning ötmişdoşlari» deb
atadi.
«Rossiyaga qarşi jang qilişni xohlagan ötmişdoşlari Napoleon, Hitlerdan farqli ölaroq, janob Makron unçalik nozik işlamayapti, çunki ular töğridan töğri „Rossiyani zabt etişimiz kerak, Rossiyani mağlub etişimiz kerak“ deyişardi. Aftidan, u ham xuddi şu narsani xohlaydi, lekin negadir u Fransiyani mağlub etmasligi uçun Rossiya bilan kuraşiş zarurligini, Rossiya Fransiya va Yevropaga tahdid solayotganini aytadi», — deydi rossiyalik vazir.
Lavrov, şuningdek, Moskva Ukrainaga xorijiy tinçlikparvar kuçlar kiritilişi masalasida «murosaga örin körmayotgani»ni oçiq aytdi. «Bu muhokama oçiqçasiga duşmanlik maqsadida olib borilmoqda. Ular bu nima uçun kerakligini yaşirmaydi», — dedi Rossiya TIV rahbari.
Bungaça Rossiya hukumati Ukrainada tinçlikparvar kuçlarni joylaştiriş ğoyasini töğridan töğri rad etmayotgandi. Xususan, Peskov şunçaki bunday ehtimol haqida gapirişga hali erta ekanini ta’kidlaş bilan çeklangan.
Makronning murojaati
Makron 5 mart kuni keçqurun millatga murojaat bilan çiqdi. U Rossiyani «Fransiya va Yevropa uçun tahdid» deb atab, Moskvaning «Ukrainada töxtaşi»ga şubha bildirdi.
«Biz ukrainaliklarga qarşilik körsatişda yordam berişda davom etişimiz kerak, toki ular Rossiya bilan özlari va barçamiz uçun mustahkam tinçlik haqida kelişa olgunça. Şuning uçun tinçlik yöli Ukrainadan voz keçiş orqali bölişi mumkin emas. Butunlay aksinça.










