2024 yilda Afrikaning 15 ta davlatida internet 21 marotaba bloklangan — bu rekord körsatkiç. 2020 va 2021 yillarda uşbu mintaqada internet 19 marotaba bloklangan edi. Bu haqda raqamli makonda huquqlarni himoya qiliş bilan şuğullanuvçi Access Now notijoriy taşkiloti hisobotida söz boradi.
Hisobot mualliflarining qayd etişiça, aksariyat holatlarda internet hukumat tomonidan bloklangan, ba’zida esa bunga boşqa siyosiy kuçlar, jumladan, isyonçi guruhlar ham aralaşgan. Xususan, ötgan yili Nigeriya, Keniya, Tanzaniya, Senegal, Ekvatorial Gvineyada internet bloklangan.
Umuman olganda 2024 yilda dunyoning 54 ta davlatida internet 296 marotaba bloklangan, bu — 2023 yilga nisbatan qariyb 5 foizga köp. Bloklaşlar böyiça yetakçilik Myanmaga nasib etgan (85 marta), uning ortidan Hindiston örin olgan (84).
«2016 yildan beri qayd etilgan 1754 ta bloklaş bilan boğliq har bir holatning ortida — asosan siyosiy vahimalar, tartibsizliklar, zöravonlik hamda uruş vaqtida bir-biridan va dunyodan uzib qöyilgan odamlar va jamiyat tarixi yotadi», — deyiladi xabarda.
Access Now vakili Felitsiya Antonioning sözlariga köra, 2024 yilda Afrika va dunyoning boşqa mintaqalarida internetning bloklaniş holatlari ortişiga saylovlar ötkazilgani ham sabab bölgan.








