Çeçeniston hukumati mintaqada Telegram messenjerining bloklanişiga oid qarorni qayta körib çiqişni tavsiya qildi. Bu haqda 10 mart kuni milliy siyosat, taşqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmed Dudayev özining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.
U mintaqada messenjerning bloklanişini «mutlaqo asossiz» deb atadi. «Agar bu noxolis munosabat bölmasa, Çeçeniston Respublikasi tanlangani nima bilan asoslanadi? Çeçenistondagi vaziyat Rossiyaning boşqa sub’yektlaridan nimasi bilan farq qiladi? Respublikamizda mamlakatning boşqa mintaqalarida yöq bölgan axborot tahdidi bormi?» — deydi vazir.
«Ayrim provokatorlar faoliyati tufayli har qanday platformani blokirovka qiliş ratsional emas», — deya hisoblaydi Dudayev. Uning ta’kidlaşiça, blokirovka qiliş örniga «uşbu platformada bunday hodisalarga qarşi kuraşiş strategiyasini işlab çiqiş» kerak (u qanday hodisalar haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritmagan). Dudayevning qöşimça qilişiça, Çeçeniston — «Rossiyadagi eng xavfsiz mintaqalardan biri».
«Mintaqa aholisi yurtimizning boşqa fuqarolari kabi axborot oliş va tarqatiş huquqiga ega ekanini inobatga olgan holda, uşbu qarorni qayta körib çiqişga çaqiramiz», — deydi vazir.
Telegram messenjeri 2024 yil oktyabrdan beri Çeçeniston, Doğiston va Inguşetiyada bloklangan. 8 mart kuni Doğiston raqamli rivojlaniş vaziri Yuriy Hamzatov bunga e’tibor qaratgan edi. Uning sözlariga köra, bloklaş böyiça qaror «federal darajada qabul qilingan».








