Yangi Janubiy Uels ştatida yaşovçi bemor oğir yurak yetişmovçiligidan azob çekib kelayotgandi. U öz xohişi bilan sun’iy yurak transplantatsiyasiga rozi böldi. Şu tariqa erkak Avstraliyada birinçi, dunyo böylab oltinçi implantat yurak olgan bemorga aylandi.

BiVACOR implantati avstraliyalik olim Daniel Timms tomonidan işlab çiqilgan. Bu dunyodagi birinçi rotorli nasos va magnit levitatsiya asosida işlaydigan qurilma bölib, bunday mexanizm tabiiy qon aylanişiga öxşaş jarayonni hosil qiladi.

Sun’iy yurak implantatsiyasi böyiça dastlabki beşta operatsiya 2024 yilda AQŞda ötkazilgan. Barça bemorlar oxir-oqibat donorlik yuraklarini olgan, ammo implantatsiya va transplantatsiya örtasidagi eng uzoq davr atigi 27 kunni taşkil etgan. Avstraliyalik bemor esa sun’iy yurak bilan uç oydan ortiq yaşadi.

Avstraliya hukumati ma’lumotlariga köra, mamlakatda 23 milliondan ortiq odam yurak yetişmovçiligidan aziyat çekmoqda, ammo ulardan atigi 6 ming nafari donorlik yuragini oladi. Uşbu muammoni hal qiliş uçun hukumat sun’iy yurak texnologiyasini rivojlantirişga 50 million dollar ajratdi.

Professor Kris Xeyvord BiVACOR yurak yetişmovçiligini davolaş usulini tubdan özgartirişiga qattiq işonmoqda.

“Keyingi ön yil içida sun’iy yurak donorlik yuragini kuta olmaydigan bemorlar uçun haqiqiy muqobil böladi”, — dedi u.

Qurilma hozirça vaqtinçalik yeçim sifatida qaralayotgan bölsa-da, kelajakda işlab çiqaruvçilar uni yurak örnini doimiy bosadigan vositaga aylantirmoqçi. Biroq professor Devid Kolkuxunning ogohlantirişiça, hozirça implantning işlaş muddati atigi 100 kun, donor yuragi esa 10 yildan ortiq (yoki 3000 kun) işlaydi. Şu sababli sun’iy yurak transplantatsiyaning örnini bosadi deb hisoblaş uçun hali “uzoq yölni bosib ötiş kerak”.