Narkolaboratoriya Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va içki işlar organlari xodimlari iştirokida ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Ma’lum qilinişiça, Marğilon şahrida yaşovçi, 1990 va 2001 yillarda tuğilgan 3 nafar şaxs Farğona tumani Mindonobod mahallasidagi uylardan birini har oyda 250 AQŞ dollari tölaş şarti bilan ijaraga olişgan. Ular xonadonda giyohvandlik vositalari tayyorlaş bilan şuğullanib kelişgan.

Közdan keçiriş davomida, uşbu manzildan 8 kg 185 gr Alfa-PVP, 4 kg 209 gr “Spays”, 427 gr “Mefedron” sintetik narkotik moddalari hamda ularni tayyorlaşda kerak böladigan 12 kg 326 gr maxsus suyuqlik va 13 kg 925 gr tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olindi.

Ekspertiza xulosasiga köra, tezkor tadbir davomida olingan jami 12 kg 821 gr sintetik narkotik moddalarning qora bozordagi bahosi 9 mlrd 185 mln sömni taşkil etadi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, qonunbuzarlar internet tarmoği orqali giyohvandlik vositalari sotiş bilan şuğullanuvçi jinoiy guruh a’zolari tomonidan “zakladka” usulida yetkazib berilgan xomaşyo mahsulotlari asosida narkotik moddalar tayyorlab, viloyat böyiça belgilangan xufiya joylarga qoldirib, ularning geolokatsiyasini jinoiy guruh a’zolariga yuborib turişgan.

Buning evaziga uçala şaxsning har biri haftasiga kriptovaluta körinişida 500 AQŞ dollaridan maoş olgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.