Floridada gavjum avtomobil yöliga yugurib çiqib, transportlar harakatni deyarli butunlay töxtatib qöygan oqquş qutqarildi. Voqea joyidan olingan kadrlarni mahalliy Wesh telekanali e’lon qildi.
Orlando politsiyasi xodimlariga yölga yugurib çiqqan oqquş haqidagi xabarlar kelib tuşgan. Ular hodisa joyiga yetib kelişgaç, quşni tutişga uringan, ammo bu oson keçmagan.
Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarda bir neçta politsiyaçi qutqaruvçilardan epçillik bilan qoçayotgan oqquşni quvlayotgani körinadi. Şu bilan birga, quvlaş paytida barça yöl çiziqlari tösilgani sababli, atrofdagi yönalişlarda transport harakati deyarli töxtab qolgan.
Oxir-oqibat oqquşni tutib, katta çoyşabga öraşdi. Quş yaqin atrofdagi kölda yaşaşi taxmin qilinmoqda. Oqquşlar böyiça mutaxassisning aytişiça, hozir oqquşlarning juftlaşiş mavsumi bölgani uçun, quş “avtomagistralga osongina uçib kirgan bölişi mumkin”.
Uşbu voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoki baxtsiz hodisalar qayd etilmagan.












