Joriy yilning 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uçtepa tumani KHAY köçasi 16-uy qarşisida harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tuğilgan M.O. boşqaruvidagi «Orlando» rusumli avtomaşinada yonğin kelib çiqqan.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, avtomobilning motor qismida elektr simlari qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölgan. Yonğin favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari tomonidan öçirilgan.
Yonğin natijasida tan jarohati olganlar yöq.
Haydovçilardan transport vositalarining texnik holatini öz vaqtida körikdan ötkaziş hamda belgilangan qoidalarga rioya qiliş söralgan.













