Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida YPX maşinasidan qoçgan Orlando boşqa maşinaga urilib, ağdarilib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.

Toşkent şahar YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, 4 iyun kuni soat 02:05 larda Mirzo Uluğbek tumani Mirzo Uluğbek—Mustaqillik şohköçalari çorrahasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan K.U. (2005 yilda tuğilgan) boşqaruvida bölgan Orlando huştak va jyezl yordamida töxtatilganida, töxtaş işorasiga böysunmasdan harakatni davom ettirgan. Haydovçining xatti-harakati xodimlarda şubha uyğotgani sababli orqasidan xizmat avtomaşinasida kuzatib borilgan.

YPX inspektori haydovçini zararsizlantiriş maqsadida, holat böyiça aloqa vositasi orqali keyingi çorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga xabar bergan. YPX inspektori avtomaşinalarni harakatini çeklaş maqsadida harakatni yopib turgan vaqtida, Orlando haydovçisi Lacetti töxtab turganida, qasddan oraliq masofani saqlamasdan orqa qismiga borib urilgan. Çorrahadagi YPX inspektoriga xavf tuğdirib qonuniy töxtaş işorasiga ham böysunmasdan, YTH sodir bölgan voqea joyidan qoçib ketib, harakatni davom etirgan.

Orlando haydovçisi harakat davomida YPX inspektorlariga böysunmasdan, svetoforning taqiqlovçi işoralariga amal qilmasdan harakatlangan va bir neça marta xodimlarning qonuniy töxtaş işorasiga böysunmagan va avariyaviy xavfli holat qilib öz yönalişida harakatlanib kelayotgan Lacetti xizmat avtomaşinasi yönalişiga xalaqit berib töqnaşgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda YPX maşinasiga jiddiy zarar yetgani, Orlando ağdarilib ketganini köriş mumkin.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.