Vazirlik va idoralar prezident topşiriğiga köra xizmat avtomobili sifatida Mercedes-Benz'lardan voz keçmoqda. Kun.uz respublika darajasidagi taşkilotlar bilan boğlanib, ijro organlari rahbarlari bu topşiriq doirasida qanday avtomobilga ötayotgani bilan qiziqdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 mart kungi selektorda davlat idoralarida xizmat transportida yurişni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga ötiş zarurligini aytgan edi. Şunga asosan, amaldorlar xizmat avtomobili sifatida mahalliy korxonalar tomonidan sotiladigan avtomobillardan foydalanişga ötmoqda.

Xususan, boş vazir Abdulla Aripov Mercedes-Benz örniga Chevrolet Malibu’dan foydalana boşlagan. Boş vazir örinbosarlari ham Malibu’dan foydalanmoqda. Viloyatlar hokimlariga esa Chevrolet Tahoe va Chevrolet Traverse kabi avtomobillar xizmat körsatmoqda.

Abdulla Aripov 7 mart kuni yiğiliş ötkazib, barça amaldorlarga xorijiy xizmat maşinalaridan foydalanişni töxtatiş topşiriğini bergan.

Kun.uz respublika darajasidagi davlat taşkilotlari axborot xizmatlari bilan boğlanib, vazir va unga tenglaştirilgan amaldorlar uşbu topşiriq doirasida qanday avtomobilga ötgani bilan qiziqdi.

Ma’lum bölişiça, mudofaa vaziri general-mayor Şuhrat Xolmuhamedov Trailblazer avtomobilida yuradi. Bu transport unga vazirning birinçi örinbosari bölgan vaqtda topşirilgan. Şuningdek, vazir ixtiyorida poligonlarda foydalaniş uçun Isuzi D-Max pikapi bor. Bu model SamAuto tomonidan sotiladi.

Taşqi işlar vazirligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, vazir Baxtiyor Saidov va uning örinbosarlari oldin ham milliy avtomobil Malibu’da yurgan. Ular hozir ham şu milliy avtomobillarda.

Içki işlar vazirligining barça darajadagi rahbarlari Malibu’da yuradi, deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.