Armaniston va Ozarboyjon vakillari muzokaralarni yakunlab, tinçlik bitimi matnini kelişib oldi. Bu haqda har ikki mamlakat Taşqi işlar vazirliklari ma’lum qildi.
Ozarboyjon TIV rahbari Jayhun Bayramovning ma’lum qilişiça, Armaniston bitimning kelişilmagan oxirgi ikkita bandi böyiça Ozarboyjon tomonining taklifini qabul qilgan.
«Bokuning keyingi bosqiçdagi kutilmalari quyidagiça — Armaniston öz konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritişi kerak, çunki unda hali ham Ozarboyjonga nisbatan hududiy da’volar mavjud», — deydi vazir.
Yerevan öz navbatida hujjatni imzolaş joyi va vaqtini belgilaş böyiça Boku bilan maslahatlaşuvlarni boşlaşga tayyorligini tasdiqladi.
Armaniston va Ozarboyjon 2023 yildan beri tinçlik bitimini imzolaşga urinmoqda. 2025 yil fevralda Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan tomonlar tinçlik sulhining 17 ta bandidan 15 tasini kelişib olganini ma’lum qilgandi. Kelişilmagan bandlar xalqaro sud instansiyalarida özaro da’volardan voz keçiş va çegara hududida uçinçi kuçlarni joylaştirmaslik masalalari edi. Öşa paytda u Yerevan va Boku örtasidagi vaziyatning keskinlaşişi uçun asos körmayotganini bildirgandi.
Ozarboyjon tinçlik bitimi doirasida Armaniston öz Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritişini talab qilmoqda. Unda Armaniston Oliy kengaşi 1990 yil 23 avgustda qabul qilgan mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasiga havola bor. Uşbu deklaratsiya boşida öz navbatida, Armaniston SSR va Toğli Qoraboğning 1989 yildagi «Birlaşuv töğrisida»gi qöşma rezolyutsiyasiga havola keltirilgan.








