Vladimir Putin Rossiya AQŞ prezidenti Donald Trampning iltimosiga köra, Kursk oblastida qolayotgan ukrainalik harbiylarning hayotini saqlab qolişga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u RF Xavfsizlik kengaşi yiğilişi avvalida ta’kidlab ötdi.

«AQŞ prezidentining çaqiriğini samarali amalga oşiriş uçun Ukraina harbiy-siyosiy rahbariyati öz harbiy bölinmalariga qurollarni taşlaş va taslim böliş böyiça tegişli buyruq berişi zarur», — dedi Putin.

Uning qayd etişiça, mazkur holatda ukrainalik harbiylarning hayoti saqlab qolinişi kafolatlanadi.

14 mart kuni Tramp ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga «minglab ukrainalik askarlar qurşovda qolgani» va u Putinga murojaat qilib, «ularning hayotini saqlab qolişni söraşi» haqida yozdi. Tramp frontning aynan qaysi hududi haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan, ammo u Rossiya qöşinlari muvaffaqiyatli hujum olib borayotgan Kursk oblastini nazarda tutgan bölişi mumkin.

Kursk oblastidan olingan videolarga köra, Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) mintaqadagi özining aksariyat platsdarmidan çekingan. Ukraina armiyasi faqat «Sudja» çegara ötiş punkti va uning atrofidagi bir neçta qişloqni nazorat qilmoqda. RF Qurolli kuçlarining dronlar zarbalari sabab uşbu hududdagi harbiylar ta’minoti qiyinlaşgan bölsa-da, ular qurşovda qolmagan. UQK Boş ştabi qurşov haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini ta’kidlab, buni siyosiy bosim deb atadi.

«Bizning askarlarimiz duşmanning hujum harakatlarini qaytarib, unga barça turdagi qurollardan samarali öt oçmoqda. Joriy sutkaning boşidan beri Kursk yönalişida 13 ta jangovar töqnaşuv sodir böldi. Bölinmalarimiz qurşovga oliniş tahdidi yöq», — deyiladi Boş ştab xabarida.

Öz navbatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kursk oblastidagi vaziyatga izoh berarkan, UQKning mazkur operatsiyasi öz maqsadiga erişganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, UQK Kursk oblastiga bostirib kirgani sabab Pokrovsk va Xarkiv yönalişlari barqarorlaşgan, duşmanga esa yana Pokrovskka tahdid qiliş imkoniyatini topiş «oson bölmaydi».