AQŞ prezidenti Donald Tramp byurokratiyaga qarşi kuraş bahonasida bir qança agentliklarning funksiyalari va xodimlari sonini imkon qadar qisqartiradigan yangi qonunni imzoladi. Tegişli hujjat Oq uy tomonidan e’lon qilindi.

Ular orasida «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvçi AQŞ hukumatining Global Media agentligi (USAGM) bor.

Bundan taşqari, röyxatga Vudro Vilson markazi, Federal vositaçilik va kelişuv xizmati, Muzey va kutubxona xizmatlari instituti (AQŞ muzeylari va kutubxonalarni qöllab-quvvatlaydi), Uysizlar böyiça idoralararo kengaş, Moliyaviy rivojlaniş institutlari jamğarmasi, Ozçiliklar biznesini rivojlantiriş agentligi va Arktika tadqiqot komissiyasi kiritildi.

Qonunga köra, taşkilotlar bir hafta içida öz filiallari vazifalari töğrisida hisobot taqdim etişi kerak böladi.

Fevral oyida AQŞ hukumati samaradorligi agentligi (DOGE) rahbari, amerikalik tadbirkor Ilon Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini yopişga çaqirib, ularda «özi bilan gaplaşadigan radikal söl ahmoqlar» işlayotganini aytdi.

Avvalroq Donald Tramp Associated Press (AP) jurnalistlarini Oq uyda ötkaziladigan mabuot tadbirlariga kirişini taqiqlab qöygan edi. Agentlik öz xabarlarida Meksika körfazini Amerika körfazi deb nomlaşdan boş tortdi. Tramp öz qaroriga köra, uşbu geografik nomni özgartirgan edi. AP agentligi Oq uydan çetlatilişi haqidagi qaror yuzasidan sudga murojaat qildi, ammo hozirça muvaffaqiyat qozona olmadi.