Donald Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qiliş uçun kengroq vakolat oliş maqsadida 1798 yilgi duşman davlat fuqarolariga oid qonundan foydalanişga urindi. Ammo oradan bir neça soat ötib, Federal sud XVIII asrga tegişli qonundan foydalanişni taqiqladi.

Uşbu qonundan AQŞ tarixida faqat uç marotaba foydalanilgan: 1812 yili Buyuk Britaniya bilan uruşda, Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlarida. Oq uy bayonotida keltirilişiça, mazkur qonundan qayta foydalaniş zarurati «Tren-de-Aragua» jinoiy guruhining AQŞdagi noqonuniy harakatlari sabab yuzaga kelgan.

AQŞ okrug sudyasi Jyeyms Boasberg Trampning farmonini bloklab, venesuelalik migrantlar deportatsiyasini 14 kunga töxtatib qöydi. Qaror şu kunning özida Amerika Fuqarolik erkinliklari himoyasi ittifoqi hamda «Olğa demokratirya» taşkiloti tomonidan kiritilgan da’voga javoban qabul qilingan.

«Sudga bugun ertalab ma’lum bölgan favqulodda vaziyatni hisobga olgan holda uşbu iş böyiça eşituvlar belgilanmagunga qadar, zudlik bilan status-kvoni saqlab qolişni talab qilib, qaror çiqardim», — deyiladi sudya Boasbergning qarorida.

Avvalroq Tramp ma’muriyati AQŞ hududida noqonuniy yurgan çet el fuqarolari röyxatdan ötişi va özlarining şaxsiy ma’lumotlarini kiritişi kerak bölgan portalni işga tuşirgandi. Uşbu talabga böysunmaganlar 5 ming dollargaça jarimaga tortiladi yoki 6 oy muddatgaça ozodlikdan mahrum etiladi.